Vladimir Xasanovich Tojirov (1940-yil 5-iyul, Toshkent – 2011-yil 17-aprel, Moskva) – sovet va oʻzbek futbolchisi, SSSR sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati „Mehnat zahiralari“ (Toshkent) futbol klubi tarbiyalanuvchisi va professional faoliyatini 1959-yilda shu jamoa tarkibida boshlagan. Vladimir 1960-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va yetti yil davomidagi oʻyinlari bilan tanilgan. Uzoq vaqt davomida u Oliy ligadagi oʻyinlarda ishtirok etish boʻyicha klub rekordchisi boʻlib qoldi. Vladimir klubda jamoadoshi Valeriy Muxin bilan yaxshi doʻstlik munosabatida edi.

1967-yilni Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga oʻtgan, keyingi mavsumda esa Kaluganing „Lokomotiv“ klubi koʻchib oʻtdi.

U futbolchilik faoliyatini havaskor FK Freserda (Moskva) jamoasida yakunlagan. SSSR chempionatlarida 225 ta oʻyinda ishtirok etib 8 ta gol muallifi boʻlgan.

Shaxsiy hayot Moskvada Tixoretskiy bulvarida yashagan. Oilasi: oʻgʻli Stanislav (1964) va nabirasi Dmitriy (1984.

2011-yil 17-aprelda vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Vladimir Tojirov FootballFacts.ru saytida Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyulda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:2011-yilda vafot etganlar Turkum:17-aprelda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Lokomotiv Kaluga futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar