Bingenlik Hildegard (1098-yil – 1179-yil 17-sentyabr) – nemis yozuvchisi, bastakori, faylasuf olimaBennett, Judith M. and Hollister, Warren C. Medieval Europe: A Short History (New York: McGraw-Hill, 2001), p. 317.. U oʻzining keng qamrovli bilimlari, jumladan, din, botanika, musiqa va tibbiyot sohasidagi asarlari bilan mashhurdir. Shu bilan bir qatorda Hildegard oʻz davrining eng yirik diniy shaxslaridan biri hisoblanadi.

Biografiyasi Hildegard 1098-yilda Bermersheim shahrida, aristokrat oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Hildebert va Mechtild oʻz davrining ziyoli insonlar boʻlib, Sponheim qiroli bilan yaqin boʻlishgan. Hildegard yoshligidan sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarni boshdan kechiradi. Ota-onasi uni dindor hayotga bagʻishlash uchun Disibodenberg monastiriga joʻnatishadi. 1136-yilda, Hildegard Disibodenberg monastirida abbatisalik (rahbar ayol monax) unvoniga ega boʻldi. Uning rahbarligi ostida monastir katta diniy markazga aylandi. 1150-yilda u Rupertsberg, 1165-yilda esa Eibingen monastirlariga asos soladiCampbell, Olivia, Abortion Remedies from a Medieval Catholic Nun(!), JSTOR Daily, October 13, 2021.

Faoliyati Hildegard oʻzining ilohiy vizyonlari haqida yozgan bir necha asarlar yaratdi. Eng mashhurlari orasida "Scivias", "Liber Vitae Meritorum", va "Liber Divinorum Operum" nomli asarlari bizgacha yetib kelgan. Ushbu asarlarida Hildegard insoniyatning ruhiy ahvoli, tabiatning xilma-xilligi va ilohiy kuchning taʼsirini tasvirlaydi. U tomonidan yozilgan musiqiy asarlar orasida monofonik qoʻshiqlar va liturgik dramalar mavjudBurkholder, J. Peter, Claude V. Palisca, and Donald Jay Grout. 2006. Norton anthology of western music. New York: W. W. Norton.. Uning "Ordo Virtutum" asari qadimgi axloqiy dramalaridan biri hisoblanadi. Hildegard musiqa yaratishda diniy va ilohiy mavzularni birlashtirib, oʻziga xos uslubni rivojlantirgan. Hildegardning tabiiy fanlar va tibbiyot sohasidagi asarlari ham eʼtiborga molik. Uning "Physica" va "Causae et Curae" nomli asarlarida oʻsimliklar, hayvonlar va minerallar haqida batafsil maʼlumotlar berilgan, ularning shifobaxsh xususiyatlari tahlil qilinganJutta & Hildegard: The Biographical Sources, trans. Anna Silvas (Pennsylvania State University Press, 1999), pp. 278–79.. Hildegard shifobaxsh oʻsimliklar va tabiiy davolash usullari haqida koʻplab amaliy tavsiyalar bergan, bu esa uni oʻz zamonasining tibbiyotchisi sifatida tanitgan. Hildegard "Lingua Ignota" nomli yangi til yaratdi. Bu til haqida juda oz maʼlumot saqlanib qolganFiona Bowie, Oliver Davies. Hildegard of Bingen: An Anthology. SPCK 1990. Some sources note younger siblings, specifically Bruno..

Ilmiy Merosi Hildegard oʻrta asrlarda oʻzining diniy, madaniy va ilmiy merosi bilan katta iz qoldirdi. U ilohiyot, musiqa, tibbiyot va til sohalaridagi bilimlari bilan nafaqat oʻz davrida, balki keyingi asrlarda ham mashxurlikka erishadi. Rim-katolik cherkovida Hildegard asrlar davomida avliyo sifatida hurmat qilinib kelinganMichael McGrade, „Hildegard von Bingen“, in Die Musik in Geschichte und Gegenwart: allgemeine Enzyklopaldie der Musik, 2nd edition, T.2, Vol. 8, ed. Ludwig Fischer (Kassel and New York: Bahrenreiter, 1994).. 2012-yilda Rim papasi Benedikt XVI Hildegardni cherkov doktori unvoni bilan sharafladi. Hozirda Hildegardning asarlari oʻrta asrlarning diniy va madaniy merosini oʻrganishda muhim manba sifatida koʻriladiPope Benedict XVI, Apostolic Letter Proclaiming Saint Hildegard of Bingen, professed nun of the Order of Saint Benedict, a Doctor of the Universal Church, 7 October 2012..

Manbalar Turkum:1179-yilda vafot etganlar Turkum:1098-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari Turkum:Ayollar Turkum:Germaniya Adabiyoti Turkum:Germaniya Federativ Respublikasi Turkum:German mifologiyasi Turkum:Bastakorlar Turkum:Musiqachilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar