Arslon – oʻzbek zirxli transport vositasi (ZTV). I gʻildirakli ZTV Mudofaa sanoati agentligi tomonidan ishlab chiqilgan .

Tarixi

Sakkiz gʻildirakli zirhli transport vositasi NATO standartlari boʻyicha ishlab chiqilgan. ZTV ilgʻor konstruksiyaga ega va har qanday iqlim sharoitiga moslashgan. Jangovar mashina shaxsiy tarkibni tashish va yuqori xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarishda qoʻllanadi. Zirxli mashina boshqaruv tizimlari toʻliq kompyuterlashgan va avtomatlashtirilgan jangovar modulga ega.

Texnik koʻrsatkichlar

Zirhli transport vositasining himoya darajasi old qismida oltinchi sinfga, yon va orqa qismlari esa toʻrtinchi sinfga toʻgʻri keladi. Zirhli transport vositasining ogʻirligi jihozlanishiga qarab 32 dan 35 tonnagacha, minadan himoya qilish darajasi 4a/4b ga. TNT ekvivalentida esa 10 kgga teng .

Transportyor ekipaji 3 kishidan iborat hamda 8 kishigacha boʻlgan shaxsiy tarkibni tashishga qodir.

Yana qarang

Tarlon

Manbalar

Turkum:Gʻildirakli zirhli transport vositalari Turkum:2024-yilda taqdim etilgan harbiy mashinalar Turkum:Sakkiz gʻildirakli transport vositalari Turkum:Oʻzbekiston texnikasi Turkum:Oʻzbekiston qurolli kuchlari