Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali — Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasasi. Filial veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi. U Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Tarix Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 840-son qaroriga muvofiq, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali tashkil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 840-son qarori
2020–2021-o‘quv yilidan filialda bakalavriat bosqichi yo‘lga qo‘yildi. 2021–2022-o‘quv yilidan esa 9 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim jarayonlari boshlandi.Infoedu.uz – Samarqand veterinariya universitetining Toshkent filiali
Faoliyati Filialda ta’lim jarayoni zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Talabalar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida laboratoriyalar, o‘quv-fermer xo‘jaliklari hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ishlaydilar.
Filialda quyidagi sohalar boʻyicha ta’lim olib boriladi:
veterinariya tibbiyoti; chorvachilik texnologiyalari; oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalar; hayvonlar genetikasi va seleksiyasi; ekologiya hamda agrar menejment.
thumb|Zakovat intellektual oʻyini „Qoʻmita raisi kubogi“
Hamkorlik Filial bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalaridagi tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy loyihalar olib boriladi. thumb|Filial direktori – Tursagatov Jahongir Mamatovich Filial professor-o‘qituvchilari xalqaro grantlar, ilmiy anjumanlar va tadqiqotlarda ishtirok etadilar.
Joylashuvi Filialning asosiy binosi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida, Temur Malik koʻchasi 66-uyda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Oliy taʼlim muassasalari Turkum:Toshkentdagi universitetlar Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Turkum:2019-yilda tashkil etilgan taʼlim muassasalari