Labirintdagilar () — James Dashnerning 2009-yildagi shu nomli romaniga asoslanib 2014-yilda Wes Ball tomonidan suratga olingan film. Ushbu film Labirintdagilar trilogiyasidagi ilk qism boʻlib, Ellen Goldsmith-Vein, Wyck Godfrey, Marty Bowen va Lee Stollman tomonidan taqdim etilgan. Film ssenariysi Noah Oppenheim, Grant Pierce Myers va T.S Nowlin tomonidan yaratilgan. Filmda bosh rollarni Dylan O'Brien, Kaya Scodelario, Thomas Brodie-Sangster, Willl Poulter va Patricia Clarkson ijro etgan. OʻBrien tomonidan gavdalantirgan oʻn olti yoshli Thomas oʻzining kimligini eslolmaydigan holatda zanglagan liftda uygʻonib, ulkan labirint oʻrtasiga kelib qolganini tushunadi. Labirintni u yerda yashaydigan yigitlar Glade deb nomlashadi. Oʻzlarini esa Gladerlar deya atab kichik bir jamiyatini shakllantirishadi. Gladerlar doimiy ravishda oʻzgarib borayotgan labirintdan chiqish uchun harakat qilib kelishardi.

Labirintdagilar filmini suratga olish ishlari 2011-yil yanvar oyida Fox Dashnerning romanini ekranlashtirish huquqlarini sotib olgach boshlangan. Filmga dastlab Gotham Group, Temple Hill Entertainment, TSG Entertainment prodyuserlik qilishlari va Catherine Hardwicke rejissorlik uchun chaqirilishi rejalashtirilgan. Ammo 2012-yil Ball janr voqealar jihatidan Labirintdagilarga oʻxshash Ruin nomli qisqa metrajli animatsion filmni taqdim qilgani uchun Labirintdagilar filmiga rejissyorlik qilishga taklif etilgan. Filmni suratga olish ishlari rasman 2013-yil 13-mayda Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida boshlanib, 2013-yil 12-iyulda yakunlangan.

Syujeti Oʻsmir yigit oʻz shaxsiyatini eslay olmaydigan holatda yer osti liftida uygʻonadi. Lift oʻsmir yigitni ulkan tosh devorlar bilan oʻrab olingan Glade deb ataladigan yashil oʻtloq maydonning oʻrtasiga eltadi. U yerda oʻsmir yigit boshqa yigitlar tomonidan kutib olinadi. Bu yigitlar kichik bir jamiyatni tashkil etib, oʻzlarini Gladerlar deya atashadi hamda har biri turli vazifalarni bajaradi. Yigit ularni oʻrab olgan keng devorlardan chiqish faqat labirint orqali ekanligini bilib oladi. Tong otganda yuguruvchilar labirint ichiga kirib ketib labirintdan chiqish yoʻlini qidirishadi va quyosh botarda kirish qism yopilishidan avval qaytib kelishadi. Tunda Gladerlar turli koʻngilochar ishlar bilan shugʻullanishadi. Ulardan biri dumaloq doira chizib ichida ikki kishi bir birini shu doiradan chiqarish uchun jang qiladi. Gally bilan boʻlgan jangda boshini yerga qattiq urganidan keyin yigit ismi Thomas ekanligini eslaydi.

Ertasi kuni tongda Thomasga Ben hujum qiladi. Ben tunda labirint ichida yuradigan biomexanik mavjudodlar Grieverlardan biri sabab infeksiyalangan edi. Qolganlar Benni ushlab kun botishidan avval uning kasalligiga davo yoʻq boʻlgani uchun labirint ichiga kirgizib yuborishadi. Tunda esa Ben Grieverlar uchun oʻlja boʻladi.

Keyingi kun tongda Alby va Minho Benning ortidan ketishadi. Ammo oʻsha kuni quyosh botishidan avval Minho infeksiyalangan Albyni Glade tomon sudrab keladi. Thomas yordam berish uchun labirint ichiga kiradi va kirish yopilgani sabab ular tuzoqqa tushib qolishadi. Labirintda Thomasni Griever quvlaydi va labirint yoʻnalishlarini oʻzgartirayotgan vaqtda Thomas Grieverni devorlar orasida qoldirib uni oʻldirishga muvaffaq boʻladi. Tunda uch yigit tirik qolishni uddalaydi va ertasi kuni yana ortga qaytadi.

Yer osti liftida bir qiz qoʻlida „bu qiz Gladega kiradigan oxirgi odam boʻladi“ degan xat bilan keladi. U Thomasni taniydi, ammo Thomasni oʻzi uni eslay olmaydi. Gally bu Gladerlar va Grieverlar orasidagi tinchlikni xavf ostiga qoʻygan deb hisoblaydi va uni jazolash kerak degan fikrni ilgari suradi. Ammo guruhning ikkinchi yoʻlboshchisi Newt Thomasni yuguruvchi etib tayinlaydi. Thomas, Minho, Frypan, Winston va Zart Griverning jasadini koʻzdan kechirish uchun uni oldiga borishadi va ichidan mehanik uskunani topib olishadi. Minho Thomasga avvalgi izlanishlar natijasida yasalgan labirint modelini koʻrsatib raqamlangan boʻlimlar ishlash tizimini tushuntiradi. Thomas Grieverdan chiqqan mexanik qurilmani bu boʻlimlarga bogʻliqligini tushunib yetadi.

Labirintga joʻnatilgan Teresada 2 ta Griever zahariga qarshi ziddi zahar bor edi. Birini Albyda sinab koʻrishadi va u infeksiyadan tuzaladi. Thomas va Minho uskuna bilan labirintga kirib chiqish mumkin boʻlgan joyni topishadi ammo bir nechta tuzoqlar faollashgani sabab u yerni tark etishga majbur boʻlishadi.

Oʻsha kechada eshik yopilmasdan yana boshqa tomondan Grieverlar Gladega kirishlari uchun eshiklar ochiladi. Alby, Zart Clint va yana bir qancha Gladerlar halok boʻladi. Gally bularning barchasiga sababchi sifatida Thomasni aybdor qiladi. Kelganidan beri xotirasidan baʼzi narsalarni qisman eslab yurgan Thomas butun xotirasini tiklash maqsadida Grieverdan olingan uskuna bilan oʻzini zararlaydi. U holatda Thomas Teresa bilan WCKD da birga ishlaganini va u yerda yigitlar yashirincha eksperiment qilinayotganini eslaydi. Uygʻonib barchasini ularga aytib beradi.

Gally boshqaruvni qoʻliga olib, Grieverlar bilan tinchlikni tiklash maqsadida Thomas va Teresani qurbon qilmoqchi boʻladi. Bir nechta Gladerlar ularni qutqarib, labirint tomon yoʻl olishadi. Biroq Gally va yana bir qancha Gladerlar ketishdan bosh tortadilar.

Turli qiyinchliklardan oʻtib, nihoyat Gladerlar jasadlar bilan toʻla laboratoriyaga kirishadi. Ekranda WCKD tadqiqotchisi Ava Paige quyosh chaqnashi oqibatida yer yuzida oʻlimga sabab boʻladigan Flare virusi tarqalganini tushuntirgan video yozuv chiqib turadi. Gladerlar bu virusga qarshi dori topilishida tajriba qilinganligini tushunishadi. Video soʻngida laboratoriyaga qurolli shaxslar bostirib kirganda Paige oʻzini otib tashlagani koʻrsatiladi. U yerni tark etishayotganda Grieverdan zararlangan Gally kelib Thomasga qarata toʻpponcha oʻqtalib ular hech qachon ozod boʻlmasligini aytadi. Minho Gallyga qarata nayza uloqtiradi. Gally esa Thomasga oʻq otishga ulguradi. Oʻq yoʻlini Chuck toʻsib qoladi. Thomas Chuckning jasadi ustida oʻtirganida qurollangan niqobli kishilar kelib ularni vertolyotga solib olib ketishadi. Vertolyot keng yoyilgan choʻl boʻylab uchib vayrona boʻlgan shahar tomon yaqinlashadi.

Keyinroq oʻzlarini oʻlgan qilib koʻrsatgan olimlar Paige bilan uchrashishadi. U tajriba muvaffaqiyatli oʻtganini qayd qilib tirik qolganlar endi ikkinchi fazaga kirishlarini taʼkidlaydi.

Rollarda +

Yaratilishi 2011-yil 4-yanvarda 20th Century Fox kompaniyasi rejissyor Catherine Hardwicke orqali James Dashnerning The maze runner asarini ekranlashtirish huquqini qoʻlga kiritgani eʼlon qilingan. 2012-yil 23-avgust, filmda rejissyor sifatida Wes Ball, prodyuser sifatida Gotham Group ishlashi tasdiqlangan. Ball Ruin nomli animatsion ilmiy-fantastik qisqa metrajli filmni suratga olib, 20th Century Fox ga 3D formatida taqdim qilgan.

Suratga olish jarayoni Filmni suratga olish rasman 2013-yil 13-may kuni Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida boshlanib, 2013-yil 12-iyulda yakunlangan. Filmning montaj ishlari esa 2014-yil iyun oyida yakunlangan.

Film musiqasi 2014-yil 16-sentyabr kuni John Paesano tomonidan filmga ishlangan 21 taronadan iborat boʻlgan saundtrek ommaga taqdim etilgan.

Namoyish etilishi Film asli 2014-yil 14-fevralda premyera qilinishi kerak boʻlgan, ammo 2013-yil 5-oktyabrda baʼzi sabalarga koʻra film taqdimoti keyinga qoldirilgan. 2014-yil 19-sentyabr film IMAX kinoteatrlari orqali ommaga taqdim qilingan.

Qabul qilinishi Film Shimoliy Amerikada 102.4 million dollar daromad keltirgan. Dunyoning boshqa hududlarida 245.8 million dollar daromad qilib, jami hisoblaganda 348.3 million dollar sof foyda qilgan.

AQSh va Kanadada premyera qilinishidan oldin, tahlilchilar samarali marketing va xalq orasida tezda shov-shuvlarga sabab boʻlganligi uchun filmni yaxshi daromad keltirishini tahmin qilishgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra film ochilish kunida Shimoliy Amerikada 30-32 million dollar daromad bilan boshlanishi mumkinligi tahmin qilingan. Fandango kino-chiptalar veb-saytiga koʻra Labirintdagilar filmi eng koʻp sotilgan film boʻlib, premyera oldi umumiy chiptalar sotuvining 50% dan ortigʻini Labirintdagilar filmi tashkil etgan. Film 2014-yil 19-sentyabrda AQSh va Kanadada 3604 ta joyda va 350 dan ortiq IMAX kinoteatrlarida namoyish etilgan. Film 1,1 million dollar Payshanba oqshom namoyishlari orqali, 11,25 million dollarochilish kunida daromad qilgan. Film ochilish haftasida 32,5 million dollar daromad qilgan boʻlsa, shundan 9 foizi IMAX kinoteatrlari orqali kelib tushgan. Ochilish haftasidagi daromadi sabab sentyabrda taqdim etilgan filmlar orasida 7-oʻrin, katta yoshlilar uchun moʻljallangan kitoblarga asoslangan filmlar boʻyicha 18-oʻrinni egallagan. Film Shimoliy Amerikadagi namoyishlarida jami 102 272 088 dollar ishlab, AQSH va Kanadada 2014-yilning eng koʻp daromad keltirgan filmlari roʻyxatida 26-oʻrinni egallagan. + Mukofotlar va nominatsiyalar roʻyxati Yil Mukofot Turkum Nomzod(lar) Natija 2014 IFMCA Awards Best Original Score for an Action/Adventure/Thriller Film John Paesano 2015MTV Movie Awards Best Breakthrough Performance Dylan OʻBrien Best Fight Dylan OʻBrien and Will Poulter Best Hero Dylan OʻBrien Best Scared-As-Shit PerformanceDylan OʻBrien Teen Choice AwardsChoice Movie: Action/Adventure The Maze Runner Choice Movie: Breakout Star Thomas Brodie-Sangster Choice Movie: Chemistry Dylan OʻBrien and Thomas Brodie-Sangster Choice Movie Actor: Action/Adventure Dylan OʻBrien Choice Movie Actress: Action/Adventure Kaya Scodelario World Soundtrack Awards Public Choice Award John Paesano 2016 Nickelodeon Kids' Choice Awards Favorite Book James Dashner

Manbalar

Havolalar

Turkum:2014-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Wes Ball filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari