Mikel Oyarzabal Ugarte (1997-yil 21-aprelda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Real Sociedad“ klubi va Ispaniya terma jamoasida chap qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi.

U butun professional faoliyatini La Liganing „Real Sociedad“ klubida oʻtkazgan. Jamoa safida 344 ta oʻyinda maydonga tushib, 97 ta gol muallifi boʻlgan. Futbolchi klubning hozirgi kundagi sardori ham hisoblanadi. 2019-2020-yilgi Copa del Rey turnirida zafar quchgan boʻlib, finalda gʻalaba goli muallifi boʻlgan.

Oyarzabal Ispaniya terma jamoasi safida 2016-yilda debyutini oʻtkazgan va ikkita Yevropa chempionatida mamlakati sharafini himoya qilgan. Ispanlar bilan Yevro 2024 turnirining ham gʻolibiga aylandi va u yerda ham finaldagi hal qiluvchi golning muallifiga aylandi.

Klublardagi karyerasi

Gipuzkoa shtatining Eibar shahrida tugʻilgan Oyarzabal 2011-yilda 14 yoshida „Real Sociedad“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2014-yilning 15-noyabrida zaxira jamoasi tarkibida Segunda B divizionida „Amorebieta“ jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida yakunlangan oʻyinning ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, katta futboldagi debyutini oʻtkazgan.

2015-yil 20-sentyabrda Oyarzabal oʻzining professional futboldagi ilk gollarini kiritdi. „Mensajeroga“ klubiga qarshi safarda kechgan oʻyinda dubl muallifi boʻlgan holda jamoasining 5:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi. 25-oktabr kuni esa asosiy jamoa va La Ligadagi debyutini oʻtkazdi. Futbolchi „Levante“ bilan bahsning soʻnggi daqiqalarida Carlos Vela oʻrniga maydonga tushirildi. Uchrashuv Oyrazabal jamoasining 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oyarzabal „Real Sociedad“ safidagi ilk golini 2016-yilning 8-fevralida mehmonda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda (5:0) kiritdi. Olti kundan soʻng futbolchi jamoa bilan shartnomasini 2021-yilga qadar uzaytirdi va aynan shu kuni Anoeta Stadiumda boʻlib oʻtgan „Granada“ga qarshi bahsda ikki gol muallifi boʻlgan holda jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi.

2016-yilning 19-avgustida Oyarzabal shartnomasini yana 2022-yilgacha uzaytirdi. U mavsum davomida barcha 38 liga oʻyinida maydonga tushdi. Jamoasi La Ligani oltinchi oʻrinda yakunlab, ikki yillik tanaffusdan soʻng UEFA Yevropa Ligasiga qaytdi.

Oyarzabal Yevropa turnirlaridagi debyutini 2017-yilning 19-oktyabr kuni oʻtkazdi. Yevropa ligasi guruh bosqichi doirasida Makedoniyaning „Vardar“ klubiga qarshi oʻyinda (6:0) maydonga tushdi va bir gol muallifiga ham aylandi. Uning jamoasi turnirning 1/32 bosqichigacha yetib bordi va u yerda „Red Bull Salzburg“ jamoasiga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mavsum davomida u ichki turnirlarda jami 12 bor raqib darvozasini ishgʻol etdi.

2018-yilning 5-oktyabr kuni Oyarzabal oʻsha yilning may oyidan beri oʻzining birinchi gollarini kiritdi. Basklar derbisida „Athletic Bilbao“ qarshi jamoasi mehmonda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita penaltini aniq amalga oshirdi. „Athletic Bilbao“ uni yozgi transfer oynasida oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qildi, ammo u taklifni rad etgan holda „Real Sociedad“ bilan shartnomasi 2024-yilgacha uzaytirdi. U oʻsha mavsumda 13 marta gol urib, yangi shaxsiy rekordini oʻrnatdi.

2019-2020-yilgi Copa del Rey turnirining yarim finalining ikki javob uchrashuvida ham gol muallifiga aylandi va jamoasining „Mirandes“ ustidan 3:1 hisobida gʻalabasini taminladi. Bu „Sociedad“ning 1988-yildan beri Copa del Reydagi ilk finali boʻldi. Oʻsha yilning 10-iyulida jamoasi „Granada“ klubig oʻz uyida 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan uchrashuvda „La Real“ safida 50-golini kiritdi. 3-oktyabr kuni „Getafe“ klubiga qarshi oʻyin Oyarzabal uchun yubiley 200-uchrashuv boʻdi.

2021-yilning 3-aprelida Oyarzabal 2020-yilgi karantin sabab qoldirilgan Copa del Reyning final oʻyinida penaltini aniq amalga oshirgan holda jamoasining yagona goli muallifiga aylandi va 34 yil deganda jamaoasiga ilk chempionlikni olib keldi. 2022-yil mart oyida u mashgʻulot paytida chap tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsumning qolgan uchrashuvlarini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.

2023-yil fevral oyida Oyarzabal shartnomasini 2028-yilga qadar uzaytirdi va klub uning tovon pulini 75 million yevro etib belgiladi. U iyun oyida Asier Illarramendi jamoani tark etganidan soʻng jamoa sardoriga ham aylandi.

Terma jamoadagi faoliyati Ispaniya Oyarzabal Ispaniyaning U-18, U-19 va U-21 yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan. 2016-yilning 17-mayida, 19 yoshida, u Bosniya va Gersogovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazdi. Oʻn ikki kundan soʻng, oʻyin tugashiga yarim soat qolganda Nolitonining oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi.

2019-yil 10-iyun kuni Oyarzabal UEFA Yevro 2020 saralashida doirasida Ispaniya Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda u xalqaro miqyosdagi debyut golini kirtidi. 2021-yil may oyida u Luis Enrique boshchiligidagi terma jamoaning UEFA Yevro 2020 uchun yakuniy qaydnomasiga kirtildi. Oʻyin yakuniga yaqin maydonga tushgan futbolchi ekstra-timelardagi jamoasining soʻnggi golini kiritdi va 5:3 hisobidagi gʻalabaga katta hissa qoʻshdi. Keyingi bosqichda jamoasi Shveytsariyani (120 daqiqadan keyin 1:1 hisob) penaltilar seriyasida magʻlub etidi. Ushbu seriyada Oyrazabal soʻnggi zarbani aniq ravishda amalga oshirdi.

Oyarzabal 2021-yilgi Tokiyo shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida terma jamoasi sharafini himoya qildi. U turnir davomida uch gol muallfi boʻldi. Shu jumladan finalda Braziliya Olimpiya terma jamoasi darvozasini ham ishgʻol qildi, biroq yakunda Lotin Amerikasi vakillari chempionlikni qoʻlga kiritishidi. 10-oktyabr kuni Fransiyaga qarshi 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi finalida ham birinchi golni kiritda va yakunda yana jamoasi imkoniyatni boy berdi.

27-may kuni tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan tuzalgan futbolchi terma jamoaning Yevro 2024 uchun yakuniy qaydnomasiga kirtildi. U 5-iyun kuni turnir oldidan oʻtkazilgan Andorra terma jamoasiga qarsi oʻyinda Ispaniya safidagi ilk xet-trikini qayd etdi. Oyarzabal Germaniyadagi turnirning barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. Hattoki 14-iyul kuni boʻlib oʻtgan final uchrashuvining 86-daqiqasi gʻalaba goli muallifiga aylandi.

Basklar mamlakati Oyarzabal 2016-yil 30-dekabrda San-Mames stadionida Tunisga qarshi uchrashuvda rasman roʻyxatga olinmagan Basklar mamlakati terma jamoasida maydonga tushdi va gol muallifi ham boʻldi.

Shaxsiy hayoti Oyarzabal Deusto universitetida biznes yoʻnalishida oʻqishni tamomlagan. U 2015-yilda Ainhoa Larrauri bilan ishqiy munosabatlarni boshlagan, ularning oʻgʻli 2023-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan.

Statistika Klub

+ Klub safidagi barcha turnirlar doirasida statistikasiKlubMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGoalsOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarReal Sociedad B2014–15Segunda División B50–––502015–16Segunda División B83–––83Total133–––133Real Sociedad2015–2016La Liga22620––2462016–La Liga38252––4342017–2018La Liga35122062–43142018–2019La Liga371341––41142019-2020La Liga371083––45132020-2021La Liga3311217143132021–2022La Liga2295363–33152022–2023La Liga2343020–2842023–2024La Liga3394372–4414Umumiy2807635132871134497Umumiy29379351328711357100

Terma jamoa

+ Terma jamoa safidagi yillar boʻyicha statistikasiTerma jamoaYilOʻyinlarGollarIspaniya20161020196220204220211022023512024115Total3712

+ Terma jamoa safida kiritgan gollari№SanaSatdionRaqibGoldan keyingi hisobNatijaTurnir1 2019-yil 10-iyun Santiago Bernabéu Stadium, Madrid, Ispaniya 3–0 3–0 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi2 2019-yil 18-noyabr Metropolitano Stadium, Madrid, Ispaniya 5–0 5–0 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi3 2020-yil 10-oktyabr Alfredo Di Stéfano Stadium, Madrid, Ispaniya 1–0 1–0 2020-2021-yil UEFA Millatlar ligasi4 2020-yil 17-noyabr Estadio de La Cartuja, Seville, Ispaniya 6–0 6–0  2020-2021-yil UEFA Millatlar ligasi5 2021-yil 28-iyun Parken Stadium, Copenhagen, Daniya 5–3 5–3 UEFA Yevro 2020 nimchorak final6 2021-yil 10-oktyabr San Siro, Milan, Italiya 1–0 1–2 2021-yil UEFA Millatlar ligasi Final7 2023-yil 16-noyabr Alphamega Stadium, Limassol, Kipr 2–0 3–1 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi82024-yil 5-iyunEstadio Nuevo Vivero, Badajoz, Ispaniya 2–0 5–0 Oʻrtoqlik93–0104–011 2024-yil 8-iyun Estadi Mallorca Son Moix, Palma de Mallorca, Ispaniya 5–1 5–1 Oʻrtoqlik12 2024-yil 14-iyul Olympiastadion, Berlin, Germaniya 2–1 2–1 UEFA Yevro 2024

Sovrinlar Real Sociedad Copa del Rey: 2019–2020

Ispaniya U-21 UEFA U-21 Yevropa Chempionati: 2019; finalchi: 2017

Spain U-23 Olimpiya oʻyinlari kumush medal: 2020

Ispaniya UEFA Yevropa chempionati: 2024 UEFA Millatlar ligasi finalchi: 2020-2021

Shaxsiy La Liga oy oʻyinchisi: 2020-201-yil, oktyabr La Liga oy oʻyinchisi: 2023–24-yil, mart

Manbalar

Havolalar

Mikel Oyarzabal Real Sociedad saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Real Sociedad B futbolchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar