Sezgi Sena Akay (1994-yil 31-oktyabr) – turkiyalik aktrisa, sobiq professional voleybol oʻyinchisi, teleboshlovchi va model. 2012-yilda Dunyodagi eng yaxshi model deb tan olingan. U modellik faoliyatini Parijda boshlagan.

Akay juda yoshligidan voleybol oʻynashni boshlagan. U besh yil davomida Galatasaray S. K. ayollar voleybol klubida va bir yil davomida Fenerbahçe S. K.ning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar voleybol jamoasida oʻynagan.

2014-yilda Kanal D telekanalida namoyish etilgan romantik, drama va thriller janrdagi Zeytin Tepesi serialida Nevin Karatay obrazini ijro etdi. Uning Nevin Karatay roli asl italyan versiyasidagi Le tre rose di Eva serialidagi Elena Monforte roliga teng edi. 2015-yilda u FOX telekanalida Magazin Postası dasturini olib borgan. 2015-2016-yillar oʻrtasida Janubiy Koreya televideniye seriali Bad Love (2007-2008) asosida Show TV telekanalida ekranlashtirilgan Acı Aşk drama serialida bosh rolni oʻynagan. 2017-yil yanvar oyidan boshlab u FOX telekanalida efirga uzatilgan Muhteşem Yüzyıl: Kösem tarixiy drama serialining ikkinchi mavsumida Murod IV ning xotini Sanavber rolini ijro etgan. Yoshligi va taʼlimi Sezgi Sena Akay 1994-yil 31-oktabrda Istanbulda cherkaslar oilasida tugʻilgan. U oilada yagona farzand boʻlgan. Erenköy qizlar oʻrta maktabini bitirgach, u Yeditepe universiteti Aloqa fakulteti jamoatchilik bilan aloqalar va targʻibot boʻlimiga oʻqishga kirdi. Sportdagi faoliyati Sezgi Sena Akay juda yoshligidan voleybol oʻynashni boshlagan. U besh yil davomida Galatasaray S. K. ayollar voleybol klubida va bir yil davomida Fenerbahçe S. K.ning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar voleybol jamoasida oʻynagan. Tanlov Turkiyadagi eng yaxshi model Sezgi Sena Akay 25-Turkiyaning eng yaxshi modeli tanlovida ishtirok etdi va 2012-yilning 15-dekabrida „Best Model of Turkey 2012“ unvonini qoʻlga kiritdi. Tadbir Istanbuldagi Galatasaroy orolida (Suada) boʻlib oʻtdi.

Tanlovning yetakchi hakamlaridan biri, moda dizayneri Yildirim Mayruk Sezgi Sena Akayni „soʻnggi yigirma besh yilning eng chiroyli va yangi modeli“ ekanligini taʼkidladi. Dunyodagi eng yaxshi model U 2012-yil 10-dekabrda boʻlib oʻtgan „Best Model of the World 2012“ tanlovida oʻz mamlakati Turkiyaga vakillik qildi va „Best Model of the World 2012“ tojini qoʻlga kiritdi. Belgiya vakili esa ikkinchi oʻrinni egalladi. Shuning bilan Akay Best Model of the World tojini qoʻlga kiritgan toʻrtinchi turkiyalik ayol boʻldi.

17 yoshida uning boʻyi 5 fut 11,3 dyuym (1.81 m) va vazni 121 lbs (55 kg) edi. U ikki yil ichida 1,2 dyuym (uch santimetr) oʻsib, 6 fut 0,5 dyuym (1,84 m) boʻldi. Aktyorlik faoliyati Uning aktrisa sifatidagi debyut roli 2014-yilda Balıkesirning Ayvalik shahrida suratga olingan Zeytin Tepesi teleserialida boʻlgan. Uning Nevin Karatay roli asl italyancha Le tre rose di Eva dagi Elena Monforte roliga teng edi.

2015-yilda u FOX telekanalida Magazin Postası dasturini olib borgan.

2015-2016-yillar oʻrtasida u Show TV telekanalida namoyish etilgan Acı Aşk drama serialida bosh qahramoh Melek Yılmaz Köklükaya rolini ijro etgan. Shuningdek, u seriallarda skripka chalgan.

2017-yil yanvar oyidan boshlab u FOX telekanalida efirga berilgan Muhteşem Yüzyıl: Kösem tarixiy drama serialining ikkinchi mavsumida Murod IV ning xotini Sanavber rolini ijro etgan. Manbalar