Renate Reinsve (Norvegcha talaffuzi: [ˈrɛ̀nɑːtə ˈræ̀ɪnsvə]; 1987-yil 24-noyabrda tugʻilgan) – norvegiyalik aktrisa. U 2011-yilda „Oslo, August 31st“ filimda oʻzining debyut rolini ijro etdi. 2021-yilda tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan „The Worst Person in the World“ (2021) dramasida oʻzining eng yaxshi rollaridan birini oʻynadi. Ushbu roli orqali u Kann kinofestivalining „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻldi. „Bosh roldagi eng yaxshi aktrisa“ yoʻnalishida BAFTA mukofotiga nomzod boʻldi. Undan keyin esa Amerikaning „Presumed Innocent“ serialida va „A Different Man“ (ikkalasi ham 2024-yil) filmida rol oʻynadi.
Hayoti Renate Reinsve 1987-yil 24-noyabrda Solbergelvada tugʻildi. Oslo Milliy sanʼat akademiyasida tahsil olgandan soʻng Reinsve Trøndelag teatriga kelib qoʻshildi.
16 yoshida maktabdan haydalgandan soʻng, Reinsve Norvegiyani tark etib, Shotlandiyaga ketdi va Edinburgdagi yotoqxonada yashay boshladi. Pul tugagach, unga menejer tomonidan yotoqxonaning baridan ish berildi.
Faoliyati 2014-yilda u Friedrich Dürrenmattning „Der Besuch der alten Dame“ pyesasi asosida sahnalashtirilgan „Besøk av gammel dame“ spektaklidagi roli uchun Hedda mukofotiga sazovor boʻldi. 2016-yildan buyon u Det Norske teatri bilan shartnoma asosida ishlamoqda. Uning rol ijro etgan filmlar orasida „Oslo, August 31st“ (2011), „The Orheim Company“ (2012) va „Welcome to Norway“ (2016) kabilar bor. Televideniyeda esa u „Nesten voksen“ serialida bosh qahramon va „Hvite gutter“ serialida ikkinchi darajali rol ijro etgan"Bare nesten morsomt", Dagbladet 5 January 2018"Frognerfjotter", Dagbladet 9 January 2018 .
2021-yilda Reinsve Joachim Trierning 2021-yilgi Kann kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan „The Worst Person in the World“ nomli romantik komediya-dramasida asosiy qahramon Julie rolini oʻynadi. U Julie roli taklif qilinishidan bir kun oldin, „Late Night with Seth Meyers“ shousida aktrisalik faoliyatini toʻxtatishni oʻylayotganini va zaxira rejasi sifatida duradgorlikni koʻrib chiqqanini aytgan edi. Trier Julie rolini aynan Reinsve uchun yozgan edi. The Guardian muxbiri Piter Bradshou filmga 5 dan 5 baho berib, uni maqtadi va shunday dedi: „Renate Reinsve bu rolni oʻz zimmasiga olgan va ajoyib tarzda ijro etgan. U raketadek parvoz qiladi, oʻzining juda yetuk, sezgir va dardli ijrosi uchun Lily James yoki Alicia Vikander bilan ham raqobatlasha oladi“. Ushbu filmdagi ijrosi uchun u koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol roli uchun mukofoti, shuningdek, BAFTA mukofotiga bosh roldagi eng yaxshi ayol roli uchun nomzod boʻldi.
Reinsve 74-Berlin xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan ikkita filmda rol oʻynadi, birinchisi Aaron Schimbergning Sebastian Stan bilan hamkorlikda suratga olingan „A Different Man“ nomli psixologik dramasi va ikkinchisi Piero Messinaning „Another End“ nomli romantik filmi. Ikkinchi filmda u Gael García Bernal bilan birgalikda bosh rolni ijo etdi. Reinsve rejissyor Halfdan Ullmann Tøndel tomonidan suratga olingan „Armand“ filmida ham rol oʻynadi. Film premyerasi 2024-yilgi Kann kinofestivalida boʻlib oʻtdi. 2023-yilda Reinsve Joachim Trier bilan birgalikda „Sentimental Value“ oilaviy dramasida rol oʻynashi eʼlon qilingan edi. Ushbu filmning suratga olish ishlari 2024-yilning kuzida boshlanadi.
Galereya Renate Reinsvening turli yillardagi suratlari:
Filmografiyasi Filmlari +Izoh Hali chiqarilmagan filmni bildiradi +YilFilmRol(lar)Izoh 2011-yil Oslo, August 31st Renate 2012-yil The Orheim Company Lene 2015-yil Women in Oversized Menʼs Shirts Ane Villmark 2 Synne 2016-yil Welcome to Norway Line 2017-yil Ekspedisjon Knerten Mor 2018-yil Phoenix Kristin 2021-yil The Worst Person in the World Julie 2024-yil Handling the Undead Anna A Different Man Ingrid Ingliz tilidagi film Another End Zoe / Ava Armand Elizabeth X Ingvild Suratga olinmoqda
Teleseriallari YilTeleserialRolIzoh2015-yilMysteriet på SommerbåtenAktuar2015-yilUnge lovendeEpizod: #1.12018-yilNesten voksenSiri3 ta qism2018-yilRoengLena10 ta qism2018-yilBest: FørAnemoneEpizod: „Popup-festival“2018-yilHvite gutterFrida5 ta qism 2022-yil Ida tar ansvar Sarah Epizod: „Et dukkehjem“2024-yilPresumed InnocentCarolyn Polhemus8 ta qism
Mukofotlari YilMukofotYoʻnalishNominantNatijaManba2016-yilAmanda AwardEng yaxshi aktrisaWelcome to Norway2021-yilCannes Film FestivalEng yaxshi aktrisaThe Worst Person in the World Los Angeles Film Critics Association Awards Eng yaxshi aktrisaEuropean Film AwardsEng yaxshi aktrisaGreater Western New York Film Critics Association AwardsEng yaxshi aktrisaOnline Association of Female Film CriticsEng yaxshi aktrisa Portland Critics Association Awards Eng yaxshi ayol bosh roli 2022-yilAmanda AwardsEng yaxshi aktrisaBritish Academy Film AwardsBosh roldagi eng yaxshi aktrisaSatellite AwardsEng yaxshi aktrisaVancouver Film Critics CircleEng yaxshi aktrisaCritics Association of Central FloridaEng yaxshi aktrisaNational Society of Film CriticsEng yaxshi aktrisaAlliance of Women Film JournalistsEng jasoratli ijroEng yaxshi ijro DiscussingFilm Critic Awards Eng yaxshi aktrisa London Critics Circle Film AwardsYil aktrisasiNorth Dakota Film CriticsEng yaxshi aktrisaOnline Film Critics SocietyEng yaxshi aktrisaSeattle Film Critics SocietyEng yaxshi aktrisaNorth Carolina Film Critics AssociationEng yaxshi aktrisa
Manbalar
Havolalar
Turkum:Norvegiyalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar