Mădălina Diana Ghenea (; 1987-yil 8-avgustda tugʻilgan) – ruminiyalik aktrisa va model. Ghenea oʻzining modellik faoliyatini 15 yoshida boshlagan va Italiyaning Milan shahrida Gattinoni brendi uchun taqdimotlar qilgan. U „Deep Fear“ trilleridagi Nahomi hamda „House of Gucci“ filmidagi Sophia Loren rollari bilan xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.
Biografiyasi Faoliyati davomida Mădălina Diana Ghenea Ruminiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya va Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan moda namoyishlarida ishtirok etgan hamda Peroni, New Yorker va Quelle kabi bir nechta brendlarning reklamalarida chiqqan. U, shuningdek, MRA agentligining yana ikkita modeli Catrinel Menghia va Carmen Prodan bilan birga xalqaro taqvim uchun tanlanb olingan.
2007-yilda u Eros Ramazzottining „The New Best of Eros Ramazzotti – Il tempo tra di noi“ nomli albomi uchun suratga olingan musiqiy videoda rol ijro etdi. Ghenea u yerda Ramazottining sevgilisi sifatida rol oʻynagan. 2010-yilda u Italiyaning „Ballando con le Stelle“ nomli isteʼdodlar shousining oltinchi mavsumida ishtirok etgan, uning sherigi raqqosa Simone Di Pasquale edi. 2011-yilda u TRE-Italy mobil kompaniyasining, DEHA raqs kiyimlari brendining va Mille Miglia vintage poyga avtomobillarining brend yuzi boʻlgan.
2011-yilda u Italiyaning „I solitie idioti“ filmida Irina rolida aktrisa sifatida debyut qilgan. 2013-yilda u Jude Law bilan birga „Dom Hemingway“ filmida rol ijro etgan. 2015-yilda Ghenea Paolo Sorrentino tomonidan suratga olingan „Youth“ dramatik filmida Miss Universe sifatida paydo boʻldi. Ghenea Italiyalik aktyor Gabriel Garko bilan birga Sanremo musiqa festivalining 2016-yilgi mavsumida Carlo Contiga yordamchi sifatida boshlovchilik qilgan. U 2016-yil sentabr oyida Belén Rodríguez oʻrniga Vanitas nomli brendining yuzi sifatida faoliyat yurita boshlagan.
Shaxsiy hayoti Mădălina Diana Ghenea rumin, italyan, ispan va ingliz tillarini yaxshi biladi. U Gaiti Respublikasiga yordam berish maqsadida „Artists for Peace and Justice“ nomli tashkilotga aʼzo boʻlgan. Genea oʻzining tugʻilgan shahri hisoblangan Slatinadagi asosiy kasalxonaning tugʻruq boʻlimini taʼmirlash uchun katta miqdorda mablagʻ xayriya qilgan.
2011-yil oxirida u aktyor Leonardo DiCaprio bilan ishqiy munosabatda boʻlgan.
2012—2013-yillar oraligʻida u aktyor Gerard Butler bilan munosabatda boʻlgan edi. 2014-yilda esa Michael Fassbender bilan boʻlgan qisqa munosabati haqida xabarlar tarqalgan.
2017-yil mart oyida u ijtimoiy tarmoqlarda ruminiyalik millioner Matei Stratandan birinchi farzandiga homilador ekanligini eʼlon qilgan.
2023-yilda esa Ghenea tennischi Grigor Dimitrov bilan munosabatda boʻlgan.
Galereya
Filmografiyasi Filmlari Yil Film Janr Rol Izoh 2011-yil I soliti idioti: Il film Komediya Smutandissima 2012-yil The Mongrel Drama Dorina 2013-yil Dom Hemingway Komediya, drama Paolina 2015-yil Youth Drama Miss Universe 2016-yil Zoolander 2 Komediya Exotic woman Kameo 2016-yil Smitten! Komediya 2019-yil All You Ever Wished For Romantik komediya Rosalia Drago 2021-yil House of Gucci Drama Sophia Loren Kameo 2023-yilDeep FearTrillerNaomiAsosiy qahramon
Teleseriallari 2011-yil – Ballando con le Stelle 2011-yil – I soliti idioti 2013-yil – Borgia
Kliplari 2007-yil – Il tempo tra di noi – Eros Ramazzotti 2012-yil – Turn Up the Radio – Madonna 2006-yil – High School Musical – Gabriella Montez 2007-yil – High School Musical 2 – Gabriella Montez
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik aktrisalar Turkum:Ruminiyalik modellar