Islomjon Baxromov (1995-yil 17-iyul Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchisi. 2023-yilda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 60 kilogramm vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. 2019-yilda Xitoyning Sian shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionati musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Faoliyati 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida 59 kilogramm vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan.

2018-yilda Baxromov Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali uchun bahsda eronlik Mehrdad Mardaniga yutqazib qoʻygan edi.

2021-yilda Baxromov Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri Zagreb Open turnirida 60 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan Vehbi Emre va Hamit Kaplan turnirida 63 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida 60 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan. 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari Islomjon Bahromov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalda qochqinlar jamoasi aʼzosi, asli kelib chiqishi eronlik boʻlgan Jamal Valizodaga qarshi kurash olib bordi va 9:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1/8 finalda KXDR vakili Se Ung Ri bilan toʻqnashdi. Bahromov nimchorak finalda KXDR vakili 0:9 hisobida yutqazib qo'ydi.

Yutuqlar YIlTurnirJoyNatijaToifa2017Islom birdamlik oʻyinlariBoku, Ozarbayjon2-oʻrinYunon-rum 59kgYopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlariAshxobod, Turkmaniston3-oʻrinYunon-rum 59kg2018Osiyo chempionatiBishkek, Qirgʻiziston3-oʻrinYunon-rum 60kg2019Osiyo chempionatiXi’an, Xitoy1-oʻrinYunon-rum 60kg2020Osiyo chempionatiNyu-Dehli, Hindiston3-oʻrinYunon-rum 60kg2023Osiyo chempionatiBelgrad, Serbiya3-oʻrinYunon-rum 60kg

Manbalar

Havolalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari