Leopoldo Benites (1905-yil, 17-oktabr – 1996-yil, 1-yanvar) — Ekvadorlik diplomat boʻlib, 1973-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 28-prezidenti etib tayinlangan. Benites 1960-yilning oktabridan buyon Ekvador vakili sifatida faoliyat yuritib kelganhttps://www.un.org/en/ga/president/bios/bio28.shtml| 28th President of the United Nations General Assembly.

Hayoti va taʼlimi Benites, to‘liq ismi Leopoldo Benites Vinueza, 1905-yil 17-oktabrda Ekvadordagi Guayaquil shahrida dunyoga kelgan. Benitesning otasi shifokor edi. Benites Guayaquil universitetida ta’lim olib, ijtimoiy va siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga erishganLeopoldo Benites (Ecuador), un.org, accessed April 2010.

Karyerasi Benites diplomat bo‘lib, Ekvadorning bir nechta mamlakatlardagi elchisi bo‘lib ishlagan. Benites professor sifatida ham faoliyat yuritgan va Urugvaydagi Montevideo universitetida faxriy doktorlik darajasini qo‘lga kiritganhttps://www.un.org/ga/55/president/bio28.htm. Benites jurnalist bo‘lib ishlagan paytda, diktaturaga qarshi ekanligini aytgan. 1930-yillarda sakkiz oy qamoqda o‘tirdi. Qamoqda bo‘lganida bu tajribani Benites "qiziqarli" deb ta’riflaydi va qamoqdaligida Francisco de Orellananing tarjimai holini yozib tugatdiEcuador Diplomat at Assembly Helm, The Milwaukee Journal, September 21, 1973, accessed April 2010.

Benites 1947-yildan 1952-yilgacha Ekvadorning Urugvaydagi elchisi lavozimida xizmat qilgan. 1954-yilda Benites Boliviyada ham shu kabi vazifani bajarib, 1956-yilgacha faoliyat yuritgan. 1956-yilda qisqa muddat Ekvadorning Argentinadagi elchisi sifatida ishlagan. 1956-yil oxiridan boshlab 1960-yil avgustigacha yana Urugvaydagi elchi vazifasini bajargan. Shundan so‘ng Benites Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakil lavozimiga tayinlanganhttps://www.un.org/en/ga/president/bios/bio28.shtml| 28th President of the United Nations General Assembly.

Benites qisqa hikoyalar va she’rlar, shuningdek, Ekvador qahramoni Eugenio Espejo va Amazon daryosi bo‘ylab sayohat qilgan, Benitesning ona shahriga asos solgan ispan konkistadori Fransisko de Orellana haqida ko'plab tadqiqot ishlarini nashr etdi.

1965-yilda Benites Lotin Amerikasini yadroviy qurollardan xoli qilish bo‘yicha Meksika shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishga Ekvador delegatsiyasiyasiga boshchilik qildi. Benites yadroviy qurolsizlanish yo‘lidagi faoliyatini davom ettirdi va 1971-yilda yadroviy qurolsizlanishni targ‘ib qiluvchi xalqaro tashkilot „OPANAL“ning birinchi rasmiy bosh kotibi lavozimiga tayinlandiSECRETARY GENERALS , OPANAL.org, accessed April 2010. Benites Birlashgan Millatlar Tashkilotining navbatdagi Bosh kotibi bo‘lish uchun kuchli nomzod ekanligi aytilgandan keyingina ushbu lavozimdan voz kechdi.

Benites haqidagi latifada aytilishicha, BMTning osiyolik delegati Benitesga uning nutqi yoqganini, ammo Benites bergan ovozni yoqtirmaganini aytgan. Benites aytdiki: „Bahslar meniki, ammo ovoz berish mening hukumatim buyrug‘i edi“.

Benites 1973-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 28-prezidenti bo‘ldi. Bu paytga kelib, Benites BMTda katta tajribaga ega edi – o‘n sakkizta bosh assambleyada qatnashib, shularning o‘n ikkitasida Ekvadorning birinchi darajali vakili sifatida ishtirok etgandi. Prezident sifatida so‘zlagan birinchi nutqida, Benites Bagama orollari hamda Sharqiy va G'arbiy Germaniyani Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kiritishni uddaladi. Germaniyaning ikki yarmining qabul qilinishi muhim lahza bo‘ldi, chunki BMT fashistlar Germaniyasi tomonidan boshlangan Ikkinchi Jahon urushiga qarshi kurashish tashkil etilgan edi. Bu jarayon BMTga a'zo davlatlarning umumiy sonini 135 taga yetkazdi va o‘sha paytdagi keyingi istiqbolli nomzodlar Shimoliy va Janubiy Koreya ediGermanys join UN, Palm Beach Post, accessed April 2010.

Benites 1985-yilda BMTning ta’sirini qanday oshirish mumkinligi haqida maslahat berish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga chaqirilgan 11 ta Bosh Assambleya prezidentlaridan biri ediGermanys join UN, Palm Beach Post, accessed April 2010. Shaxsiy hayoti Benites 20 yoshida Benites Margot Sierra bilan turmush qurdi. Benitesning Leopold va Robert ismli ikki o‘g‘li bor. U 1996-yilda vafot etdi.

Kitoblari „Socialist Thought“, 2008-yil „Argonauts of the jungle“, 1992-yil „Ecuador, drama and paradox“, 1986-yil „Francisco Eugenio Espejo, a resident of the night“, 1984-yilLeopoldo Benites Vinueza, orlabs.org, accessed April 2010-yil „Poems in three stages, 1977-yi“l „The discoverers of the Amazon“, 1976-yil „Ecuador“, 1950-yilOpen Library, accessed May 2010

Manbalar

Turkum:Urugvaylik siyosatchilar Turkum:Urugvaylik diplomatlar Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidentlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar