Sulaymon (Sergey) Etemovich Demirji (; 1940-yil 10-fevral, Aqtoʻbe viloyatida tugʻilgan) – sobiq sovet futbolchisi va futbol murabbiy. Futbolchilik davrida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan
Biografiya Sulaymon bolaligida futboldan tashqari boks va bandy bilan shugʻullangan. Demirji Turkiston harbiy okrugida harbiy xizmat olib borgan davrida futbolga jiddiy qiziqa boshlagan. Harbiylar jamoasi safidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli CSKA Moskva jamoasi mashgʻulotlariga qoʻshilgan. 1962-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Sovet ittifoqining „A“ toifasidagi ligasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasi tarkibida mahalliy chempionatda oʻynagn. 1964-yildan SSSRning ikkinchi darjali ligasi, B toifasidagi turnirda ishtirok etadigan bir qator klublarda oʻynagan. Demirji 1960-yillar oxirida Sibirdagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblangan.
Faoliyatini yakunlagach, futbol murabbiyi boʻlgan. Bir muncha vaqt Sergey Demirji Krasnoyarskning Avtomobilis jamooasi murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik yangi tashkil etilgan „Angara“ (Boguchany) jamoasida murabbiylik qilgan. Uning rahbarligida jamoa bir necha bor Krasnoyarsk oʻlkasida chempionlikni qoʻlga kiritgan. 1992-yilda klub Rossiya chempionatining ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
Oila Sulaymon Demirjining farzandlari – Artyom (1960-yilda tugʻilgan) va Sergey (1971-yilda tugʻilgan) ham futbol oʻynashgan. Otalari boshchiligida ular „Angara“ jamoasi tarkibida oʻynashgan. Nevarasi Dmitriy esa toʻpli xokkey sport turida faoliyat olib borgan. Dmitriy 2022-yil aprel oyida Ukrainadagi janglar oqibatida halok boʻlganKrasnoyarsi, pogibshie v spesoperatsii na Ukraine v 2022 godu | Pogib Dmitriy Demirdji | NGS24 – novosti Krasnoyarska
Manbalar
Havolalar
Bir yunon Dnepr boʻylab sayohat qildi …
Turkum:10-fevralda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Tom Tomsk futbolchilari Turkum:FC Irtysh Omsk futbolchilari Turkum:FC Yenisey Krasnoyarsk futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:FC Yenisey Krasnoyarsk murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar