Eduard Anatolyevich Streltsov (; 1937-yil 21-iyul – 1990-yil 22-iyul) – sovet futbolchisi, 1950—1960-yillarda Moskvaning „Torpedo“ klubi va Sovet milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Kuchli va mohir hujumkor oʻyinchi boʻlgan Streltsov, Sovet Ittifoqi terma jamoasida eng koʻp gol urgan futbolchilari ichida toʻrtinchi boʻlgan va „Rossiya futboli tarbiyalagan eng zoʻr oʻyinchi“ deb hisoblanadi. Uni baʼzan „rus Pelesi“ deb ham atashgan.
Sharqiy Moskvada tugʻilib oʻsgan Streltsov 1953-yilda 16 yoshida „Torpedo“ klubiga qoʻshilgan va ikki yildan soʻng terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan. Eduard 1956-yilgi Melburn Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 1957-yilgi „Oltin toʻp“ soʻrovnomasida yettinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili uning istiqbolli faoliyati 1958-yilgi Jahon chempionatidan biroz oldin jinsiy zoʻravonlik ayblovlari bilan toʻxtatilgan. Sovet hukumati, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, keyinchalik ham futbolda oʻynashi mumkinligiga vaʼda bergan, shundan soʻng u oʻz aybiga iqror boʻlgan. Aybiga iqror boʻilishi natijasida Sovet hukumati oʻz vadasini bajarmagan va buning oʻrniga jinoiy javobgarlikka tortilgan va Gulag tizimi boʻyicha oʻn ikki yillik majburiy mehnatga hukm qilingan (1960-yilda bekor qilingan va oʻrniga qamoqxonalar qurilgan). Sud hukmi juda ziddiyatli boʻlib, koʻpchilik Streltsov va hukumat amaldorlari oʻrtasidagi ziddiyatlarga ishora qilgan.
Streltsov jazo muddatining qariyb yarmini oʻtab boʻlgach, ozodlikka chiqgan va 1965-yilda Moskvaning „Torpedo“ jamoasidagi faoliyatini davom ettirgan. Futbolga qaytishining birinchi mavsumida jamoasi bilan birgalikda Sovet chempionligini qoʻlga kiritgan 1968-yilda esa Torpedo klubi Sovet Kubogini qoʻlga kiritgan. Streltsov 1966-yilda Sovet terma jamoasiga qayta chaqiruv olgan va 1967 va 1968-yillarda Sovet futbolida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 1970-yilda nafaqaga chiqqishidan avval, Eduard Rossiyada „Streltsov uzatmasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan toʻpni orqa tovoni bilan uzatma kabi yangiliklarni yaratgan. Streltsov 1990-yilda Moskvada tomoq saratonidan vafot etgan. Birinchi xotinining soʻzlariga koʻra, bu qamoqda oʻtirganida unga berilgan nurlangan ovqatni isteʼmol qilish natijasidir. Vafotidan olti yil oʻtgach, Torpedo oʻz uy arenasi nomini uning sharafiga „Eduard Streltsov stadioni“ deb oʻzgartirgan. Streltsovning haykallari hozirda uning nomi bilan atalgan stadion va Moskvadagi Lujniki olimpiya majmuasi oldida turadi.
Hayoti Eduard Anatolyevich Streltsov 1937-yil 21-iyulda Moskvaning sharqiy tumani Perovo shahrida frontchi askar va razvedkachi Anatoliy Streltsov va Sofiya Frolovnaning oilasida tugʻilgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Anatoliy oilasiga qaytmagan va Kiyevda yolgʻiz qolishni afzal koʻrgan. Shu sababdan Sofiya oʻgʻlini yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan. Eduard va oʻzini boqish uchun Freyzer kesish asboblari zavodida ishlagan. Natijada, Streltsov kamtarona tarbiya olgan, uning asosiy jihati futbol oʻynash va Moskvaning „Spartak“ jamoasi futbol maktabiga qatnash edi.
Zavod uning isteʼdodini yoshligidan tan olgan: Streltsov 13 yoshida Fraser Factory futbol jamoasining eng yosh futbolchisiga aylangan. Uch yil oʻtgach, 1953-yilda Freyzer va Moskvaning „Torpedo“ yoshlar jamoasi oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi tashkil etilgan. Streltsov „Torpedo“ murabbiyi Vasiliy Provornovni hayratda qoldirdi va u bilan doʻstlashgandan keyin Freyzer zavodi jamoasi ni „Torpedo“ klubida oʻynash uchun tark etgan.
Faoliyati
Dastlabki muvaffaqiyat 16 yoshli Streltsov 1954-yilgi mavsumda „Torpedo“ safida debyut qilgan. Mavsum davomida liganing har bir oʻyinida maydonga tushdi va toʻrtta gol muallifi boʻlgan. Jamoa mavsum yakunida ligada toʻqqizinchi oʻrinni egallagan, bu oʻtgan yilgi uchinchi oʻrinni agallagan jamoaning natijalaridagi pasayish edi. Oʻzining ikkinchi mavsumida Streltsov liganing eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻlgan va 22 oʻyinda 15 ta gol muallifi boʻlgan. Mavsum yakunida jamoasi toʻrtinchi oʻringa koʻtarilgan. Streltsov birinchi marta 1955-yilda, mavsumning yarmida Sovet terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan. Uning debyuti 26-iyun kuni Stokgolmda Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlib oʻtgan. Oʻsha oʻyinda Shvetsiya jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etib, dastlabki 45 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan. Ikkinchi oʻyinida Hindistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ham yana uchta gol urgan. Vengriyadagi navbatdagi oʻyin va Fransiyaga qarshi oʻyindagi gol 1956-yil boshida Streltsov Sovet Ittifoqi tarkibidagi toʻrtta oʻyinda yettita gol urganini anglatar edi. 1956-yil aprel oyida Daniyaga qarshi oʻyinda gol urganidan soʻng, Eduard uchta xalqaro oʻyinni oʻtkazib yuborgan va sentyabr oyida Gʻarbiy Germaniya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zahiradan maydonga tushib, uch daqiqadan soʻng gol muallifi boʻlgan. Streltsov 1956-yilgi mavsumda ham „Torpedo“ uchun muntazam ravishda gol urishni davom ettirdi va ligada 12 ta gol urgan. 1956-yil noyabr oyida Melburndagi Olimpiyada oʻyinlariga borishdan oldin Sovetlar jamoasi ketma-ket ikkita magʻlubiyatga uchragan. Streltsov 15-noyabr kuni norasmiy oʻyinda Avstraliya ustidan 16:2 hisobida gʻalaba qozonib, uchta gol urgan va toʻqqiz kundan keyin Germaniya Birlashgan jamoasiga qarshi turnirning birinchi oʻyinida, oʻyin yakunlanishiga oz vaqt qolganda gʻalaba golini kiritgan. Sovetlar chorak finalda Indoneziya ustidan gʻalaba qozonish uchun takroriy oʻyinni talab qilishgan va yarim finalda Bolgariya bilan uchrashishgan. thumb|SSSR Bosh vaziri Nikita Xrushchyov 1961-yilda. Milliy futbol jamoasini boshqargan Gavriil Kachalinning soʻzlariga koʻra, Xrushchyov Streltsovni zoʻrlash ishida shaxsan ishtirok etgan. Bolgariyaga qarshi uchrashuv 90 daqiqadan soʻng 0:0 hisobi bilan tugadi, va himoyachi Nikolay Tishchenko va Streltsovning „Torpedo“ klubidagi jamoadoshi, hujumchi Valentin Ivanov jarohat olgan, Bolgariya qoʻshimcha boʻlim boshida gol urgan vaqtida Sovet jamoasida atigi 9 nafar sogʻlom oʻyinchi bor edi. Streltsovning oʻyin davomidagi ijrosi keyinchalik jurnalist Jonatan Uilson tomonidan „ajoyib“ deb taʼriflangan. 112-daqiqadan soʻng Eduard hisobni tenglashtirgan va toʻrt daqiqadan soʻng Moskvaning „Spartak“ jamoasi futbolchisi Boris Tatushinni gʻalaba toʻpini kiritgan. Streltsov Yugoslaviyaga qarshi final oʻyinini oʻtkazib yuborgan, chunki jamoa murabbiyi Gavriil Kachalin oldindagi ikki forvardning jamoadoshi boʻlishi kerak deb hisoblagan. Ivanov jarohat olgani uchun Streltsov ham zahirada qoldirilgan. Uning oʻrnini egallagan Nikita Simonyan Yugoslavlar ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng Streltsovga oltin medalini taklif qildgan. „Torpedo“ futbolchisi bu taklifni rad etib, „Nikita, men boshqa koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritaman“ degan. Streltsov mavsum yakunida 1956-yilgi „Oltin toʻp“ soʻrovnomasida ikkita ovoz olgan.
Streltsov Polshada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati saralash pley-off oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda birinchi golni urgan. Bu gʻalaba Sovet Ittifoqining 1958-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmasini anglatar edi. TOrpedo klubi safidagi faoliyatida 1957-yilgi mavsumda 15 liga oʻyinida 12 ta gol urgan. Hech qachon bu davrgacha liga chempioni boʻlmagan va anʼanaga koʻra CSKA, Dinamo va Spartak kabi kuchli mahalliy raqiblar soyasida qolgan „Torpedo“ Sovet Oliy Ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha mavsum oxirida Streltsov 1957-yilgi „Oltin toʻp“ soʻrovnomasida 12 ta ovoz toʻplagan holda yettinchi oʻrinni egallagan. Jahon chempionatining 1958-yil turniri olididan uning terma jamoasi safidagi natijalari 20 oʻyinda 18 ta golni tashkil etgan. Streltsov 1958-yilgi mavsum boshida Oliy liganing dastlabki sakkizta oʻyinida beshta gol urgan va 1958-yil 18-mayda Moskvada Angliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) maydonga tushgan.
Zoʻrlash ayblovi
Ayblov Streltsov xotinbozlik, koʻp ichish va futboldan tashqari ekstravagant hayot kechirishi, shuningdek, sochlarini Britaniyaning „Teddy Boy“ bolalari uslubida turmaklashi bilan mashhur edi. Oʻz klubi va sovet milliy jamoasi uchun asosiy oʻyinchi sifatida bu xususiyatlar hukumat doiralarida, Uilson taʼbiri bilan aytganda, „Streltsov juda mashhur boʻlib ketayotgan edi“ degan taassurot uygʻotgan. Muammo futbolchi va Politbyuroning birinchi ayol aʼzosi Yekaterina Furtsevaning 16 yoshli qizi Svetlana Furtseva oʻrtasidagi taxminiy munosabatlar tufayli yuzaga kelgan. 19 yoshli „Torpedo“ hujumchisi yosh Svetlana bilan birinchi marta 1957-yil boshida 1956-yilgi Olimpiada oʻyinlaridagi gʻalabasini nishonlash uchun Kreml balida uchrashgan. Furtseva Eduardning qizi bilan oila qurishi taklif qilgan, unga Streltsov „mening xotinim bor va men unga (Svetlana) uylanmayman“ deb javob bergan. Keyinchalik u mast holatda „men bu maymunga hech qachon uylanmayman“ yoki „bunday qizga uylangandan koʻra osib oʻldirilganim maʼqul“ (har ikki iqtibos ham keltirildi) degan soʻzlari eshitilgan va Sovet Bosh vaziri Nikita Xrushchyovga yaqin vazir Furtsevani haqorat qilgan.
Streltsov Olimpiadaga ketishdan oldin Alla Demenko bilan yashirincha unashtirilgan va er-xotin 1957-yil 25-fevralda, futbol mavsumiga tayyorgarlikning yarmida turmush qurishgan. Sovet futboli departamenti marosim vaqti boʻyicha futbolchini ham, uning klubini ham tanqid qilgan. Kommunistik partiya ham unga ishonmagandek tuyuldi, chunki u Torpedo bilan xorijda gastrol safarlarida fransuz va shvetsiya klublarining qiziqishini uygʻotganidan keyin uni ehtimoliy defektor deb hisoblagan. Uning partiya arxividagi faylida shunday izoh bor edi: „Tasdiqlangan manbaga koʻra, Streltsov 1957-yilda doʻstlariga chet el safarlaridan keyin SSSRga qaytib kelganidan doimo afsusda ekanligini aytgan“. 1957-yil aprel oyida Odessadagi oʻyinda maydondan chetlatilganidan soʻng, rasmiy hukumat sport gazetasi, „Sovetskiy sport“ roʻznomasida Eduard haqida „Bu qahramon emas“ sarlavhali maqola, shuningdek, proletariat aʼzolari tomonidan yozilgan maktublar chop etilgan. Streltsovni „gʻarbiy imperializmning yovuzliklari namunasi“ deb taʼriflagan.
1958-yilgi jahon chempionati uchun Moskvadagi tayyorgarlik oʻyinida Angliyaga qarshi maydonga tushganidan bir hafta oʻtgach, Streltsov 25-may kuni boʻlib oʻtadigan Sovet harbiy ofitseri Eduard Karaxanov tomonidan ziyofatga taklif qilingan. Streltsov va qolgan sovet jamoasi JCh oldidan Moskva yaqinidagi Tarasovkada oʻquv-mashgʻulot yigʻinida, ammo jamoaga bu kun taʼtil sifatida berilgan edi. Bunday kunlar oxirida futbolchilar soat 16:30 da „Dinamo“ stadionida rasmiylarga xabar berishlari kerak edi, lekin Streltsov va terma jamoadagi ikki jamoadoshi, „Spartak“ futbolchilari Mixail Ogonkov va Boris Tatushin bu qoidaga eʼtibor bermay, stadionga ketishgan. Karaxanovning dacha uyida boʻlib oʻtgan ziyofatda Streltsov hech qachon koʻrmagan 20 yoshli Marina Lebedeva ismli ayol ham ishtirok etgan. Ertasi kuni ertalab Streltsov, Ogonkov va Tatushin zoʻrlashda aybi bilan hibsga olingan.