Joséphine Jobert (1985-yil 24-aprelda tugʻilgan) – fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. U inglizzabon tomoshabinlarga BBC One telekanalining „Death in Paradise“ (2015—2024) serialidagi detektiv serjant Florence Cassell rolini oʻynagani bilan mashhur.
Hayoti va taʼlimi Joséphine Jobert 1985-yil 24-aprelda Fransiyaning Parij shahrida fotograf, musiqachi, yozuvchi, aktrisa va rejissyor Véronique Mucret Rouveyrollis hamda kamera operatori va fotograf Charles Jobertlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Jazoirdan kelgan Sefarad yahudiylaridan boʻlgan, onasining ajdodlari esa Martiniquaise, Ispaniya va Xitoy hududlarida yashab kelishgan. Jobert sanʼatkorlar oilasidan boʻlib, jumladan, uning ammasi Marlène Jobert aktrisa va yozuvchi, amakivachchalari Eva Green va Elsa Lunghinilar esa aktrisa va qoʻshiqchi hisoblanishadi.
1997-yilda, 12 yoshida, Jobert ota-onasi bilan Kanadaning Monreal shahriga koʻchib oʻtib, u yerda 8 yil davomida yashadi. Jobert Monrealda qoʻshiq aytish va aktyorlik mahoratini oʻrgangan hamda televideniyega birinchi qadamlarini qoʻygan. U doʻstlari va ota-onasi bilan birga internet tarmoqlarida chiqarilgan qoʻshiqlar, videolar, veb-seriallar va teleseriallar yaratilishida ishtirok etgan. U, shuningdek, Stéphane Belugouning Coda musiqa maktabida boʻlib oʻtgan drama darslarida qatnashgan.
Karyerasi 2008-yildan 2014-yilgacha Jobert turli fransuz teleseriallarida rollar ijro etib kelgan. U 2015-yilda BBC One telekanlining „Death in Paradise“ nomli serialining toʻrtinchi mavsumi boshida detektiv serjant Florence Cassell rolini ijro etdi. Bu uning ingliz tilidagi birinchi roli edi. U 2019-yilda sakkizinchi mavsumning oltinchi epizodidan soʻng „shaxsiy va boshqa sabablarga koʻra“ serialni tark etdgan, lekin 2021-yilda oʻninchi mavsumga qaytgan. U oʻn birinchi mavsumda va oʻsha mavsumning toʻrtinchi epizodida oʻzining soʻnggi asosiy rolini oʻynagan. U ikki yildan soʻng oʻn uchunchi mavsumda ikkinchi darajali obraz sifatida oʻz rolini takroran ijro etgan. Bu uning serialdagidagi soʻnggi uijrosi boʻlgan.
Filmografiyasi
Teleseriallari 2007–2009-yillar – Our pension years (Amel Habib) 2007–2011-yillar – Lightning (Alice Watson) 2010-yil – My friends, my loves, my shit … (Lou) 2012-yil – I was your age from Bruno Garcia (Yasmine) 2013-yil – Alice Nevers: The judge is a woman (Djamila) 2013–2014-yillar – Under the sun of Saint-Tropez (Roxanne) 2013–2014-yillar – Cut! (Victory Vila) 2014–davom etmoqda – Villa Karayib (Kannelle Benneteau Meadow) 2015–2019-yillar, 2021–2022-yillar, 2024-yil – Death in Paradise (Detektiv serjant Florence Cassell) TBA: Saint-PierreGreg David, „CBC and Allan Hawcoʻs new production company team up on new original series Saint-Pierre“. TV, eh?, May 23, 2024.
Filmlari 2012-yil – Love Survey of Véronique Mucret Rouveyrollis Jo 2013-yil – Words of Véronique Mucret Rouveyrollis (Esmeralda)
Kliplari 2003-yil – Big Star Patrick Marty 2007-yil – For the life
Albomlari 2007-yil – Our pension years 2008-yil – Our board 2 years 2009-yil – Our pension 3 years
Manbalar
Havolalar
official twitter page
Turkum:Fransiyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Fransiyalik aktrisalar Turkum:Fransiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Parijda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik televizion aktrisalar