Kristen Jeannine Dalton-Wolfe (1986-yil 13-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa va model. „Miss USA 2009“ tanlovida gʻolib chiqqanidan soʻng, „Miss Universe 2009“ tanlovida Amerika Qo‘shma Shtatlari sharafini himoya qilgan.
Goʻzallik tanlovlari Miss North Carolina USA 2009 2008-yil noyabr oyida Dalton Shimoliy Karolina shtatining High Point shahrida boʻlib oʻtgan shtat tanlovida ishtirok etib, „Miss North Carolina USA 2009“ unvonini qoʻlga kiritgan.
Miss USA 2009 Dalton Nevada shtatining Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan hamda Planet Hollywood telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan „Miss USA 2009“ tanlovida Shimoliy Karolina shtati sharafini himoya qilgan va u yerda „Miss USA 2009“ unvonini qoʻlga kiritgan. U „Miss USA“ tanlovida gʻolib boʻlgan ikkinchi Shimoliy Karolina vakili boʻlgan. Daltongacha shtatning yagona gʻolibi Chelsea Cooley boʻlib, u „Miss USA 2005“ tanlovida tengsiz deb topilgan edi.
Miss Universe 2009 Dalton Bagama orollaridagi Atlantis Paradise oroli kurortida bo‘lib o‘tgan "Miss Universe 2009" tanlovida AQSh sharafini himoya qilib, umumiy hisobda 10-o‘rinni egallagan.
Manbalar
Havolalar Miss North Carolina USA official website Miss USA official website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ayollar