Suvayd ibn Amr al-Xotamiy () – Karbalo jangining oxirgi shahidlaridan.
Nasabi Suvayd ibn Amr ibn Abu Mutaʼ al-Xotamiy Xas’am qabilasi zodagonlaridan boʻlgan. Taqvodor kishi, mohir va jasur jangchi sifatida tanilgan.
Ashuro kuni Suvayd Husayn ibn Ali qoʻshinidan jang maydoniga borgan oxirgi odam edi. U Yazid I ning qoʻshiniga qarshi ogʻir yaralanguniga qadar jang qilgan. Jarohat olgan Suvayd boshqa shahidlar orasida yiqilib, oʻsha yerda qoldirib ketilgan. Biroq jarohati bilan tashlab ketilgan Suvayd hali ham tirik edi. U katta kuch bilan oyoqqa turgan va shahid boʻlguniga qadar kurashda davom etgan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Suvaydni Urva ibn Batton at-Saʼlabiy va Zayd ibn Riqod al-Janbiylar oʻldirgan.
Manbalar
Turkum:Karbalo jangida vafot etganlar Turkum:Husayn ibn Ali Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Husayniya