Nodira Nodirjanova (1990-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) – o‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro shaxmat ustasi (2017). 2017-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi. 2024-yilgi 45-shaxmat olimpiadasida ayollar oʻrtasida yakkalik hisobda kumush medali sohibasi.
Biografiyasi Nodira Nodirjanova 2007-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 10-oʻrinni egallagan. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati finallarida muntazam tarzda ishtirok etib kelmoqda. Nodirjonovaning ushbu turnirlardagi eng yaxshi natijalari 2017-yilda 1-oʻrin, 2018-yilda esa 3-oʻrin boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston shaxmatchilari