Magdi Abdelghani Said Ahmad (; 1959-yil 27-iyul Qohirada tugʻilgan) – misrlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati Magdi Abdulghani Qohiraning „Al-Ahli“ klubida tarbiyalangan boʻlib, 1979-yilda ushbu jamoa safida professional futboldagi oʻz debyutini oʻtkazgan. „Al-Ahli“ tarkibida Abdulghani uch marta Misr chempioni unvonini qoʻlga kiritgan, Misr kubogi sohibiga aylangan, shuningdek, uch marotaba Afrika kubok egalari kubogida va bir marta Afrika chempionlar kubogida gʻalabaga erishgan. 1988-yilda Abdulghani Portugaliyaning „Beyra-Mar“ jamoasiga oʻtgan va 1992-yilda Misrga qaytib kelib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Terma jamoadagi faoliyati Magdi Abdulghani 1990-yilgi Jahon chempionatida Misr terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Turnirda Misrning oʻtkazgan uchta oʻyinining barchasida Abdulghani toʻliq vaqt harakat qilgan va hech kim bilan almashtirilmagan. Guruh bosqichida Niderlandiya, Irlandiya va Angliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda Magdi oʻzini oʻyinlari bilan ajralib turgan. Niderlandiyaliklar bilan boʻlgan uchrashuvda Abdulghani 83-daqiqada penaltidan gol urgan. Bu gol Misr terma jamoasi uchun turnirdagi yagona gol boʻlib, jamoaga durang natijasini olib kelgan. Magdi Misr futbol terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan oʻyinlarida jamoasi bilan umumiy hisobda 50 marotaba gʻalaba qozongan. Abdulghani terma jamoa tarkibida 1984-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan.

Yutuqlari Klub Al-Ahli – Misr chempioni: 1984—1985, 1985—1986, 1986—1987

– Misr kubogi sovrindori: 1984—1985

– Afrika kubok egalari kubogi gʻolibi: 1984,1985,1986

– Afrika chempionlar kubogi gʻolibi: 1987

– Afrika-Osiyo kubogi gʻolibi: 1988 Terma jamoa – Afrika chempioni: 1986

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Misrlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari

Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari