Abu Nasr Muhammad ibn an-Nosir () (1175-yil – 1226-yil 11-iyul), al-Zohir bi-amrulloh (; ) shoh nomi bilan mashhur. 1225–1226-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1225-yilda otasi an-Nosirning oʻrniga Abbosiylarning 35-xalifasi etib tayinlangan.
Hayoti Az-Zohir bi-amrulloh xalifa an-Nosir va Asmo Ummu Muhammadning oʻgʻli boʻlgan. Toʻliq ismi Muhammad ibn Ahmad an-Nosir, kunyasi Abu Nasr. 1189-yilda an-Nosirning vorisi etib tayinlangan. Qisqa muddat davom etgan hukmronligi davrida soliqlarni kamaytirgan va bosqinlarga qarshi turish uchun kuchli qoʻshin tuzgan. Az-Zohir 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etgan.
Oilasi Az-Zohirning Hayot xotun ismli kanizagi boʻlib, asli turk millatiga mansub boʻlgan. Hayot xotun xalifaning sevimli va ishonchli kanizagi, shuningdek, uning oʻgʻillaridan birining onasi boʻlgan. Az-Zohirning oʻlimidan soʻng ozod qilib yuborilgan. Hayot xotun 1241-yil 16-avgustda vafot etgan va xalifa al-Mustadiy maqbarasiga dafn qilingan. Xalifaning Bob Javhar ismli yana bir kanizagi bor edi. U ham turk boʻlib, az-Zohirning sevimlisi ayollaridan edi. Bob Javhar 1241-yil 1-avgustda vafot etgan va Rusofa qabristonidagi xalifa qabrlari yoniga dafn qilingan. Az-Zohirning yana boshqa bir turk kanizagi boʻlib, u boʻlajak xalifa al-Mustansir I ning onasi edi.
Yana qarang
As-Saray masjidi – az-Zohirning otasi an-Nosir tomonidan qurilgan. Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi – az-Zohirning buvisi tomonidan qurilgan. Umar Suhravardiy maqbarasi.
Manbalar
Turkum:XIII asr Abbosiy xalifalari Turkum:1170-yilda tugʻilganlar Turkum:1226-yilda vafot etganlar