Aʼzam Ayubov (baʼzi manbalarda Aʼzam Ayub deb ham atalganKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015.Ziyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927).) (1904-yil 21-avgust, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1938-yil 4-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek jurnalisti, musahhih, muharrir, tarjimon, tanqidchi, jamoat va matbuot arbobi.
„Qizil bayroq“, „Turkiston“, „Qizil Oʻzbekiston“, „Kambagʻal dehqon“ kabi gazetalar, „Yer yuzi“ jurnali masʼul kotibi, muharriri, „Kavkaz asiri“ (Lev Tolstoy), „Mehmonxona bekasi“ (Karlo Goldoni), „Makr va muhabbat“ (Fridrix Shiller), „Uylanish“ (Nikolay Gogol) asarlarini tarjima qilgan. 1937—1938-yilgi sovet qatagʻoni qurboni boʻlgan.
Oilasi Aʼzam Ayubov 1904-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi 1915-yilga qadar toshkentlik boy qoʻlida manufaktura savdosi prikazchigi – savdo xizmatchisi (xodimi) boʻlib ishlaganShamsutdinov R. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (Birinchi kitob). Toshkent: „SHARQ“, 2012. 111-bet.. Otasi bu kasbda 13 yil ishlab chiqarish, gazmol savdosi bilan shugʻullangan va 1917-yil vafot etganKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015. 85-bet.. Orif ismli ukasi, Muborak va Musharraf ismli singillari boʻlgan.
Taʼlimi Otasi 1917-yili vafot etgach, anʼanaviy maktabda taʼlim olayotgan Aʼzam Ayubov maktabni tashlab, onasiga yordam berish maqsadida ishlay boshlaydi. Ammo 1918-yildan boshlab Aʼzam Ayubov Munavvar qori Abdurashidxonovning Xadrada ochgan yetti yillik „Namuna“ maktabida oʻqishni davom ettiradi. Bu maktabda Abdurauf Fitrat va Qayum Ramazonlardan taʼlim oladiBahrom Irzayev. Aʼzam Ayub – iqtidorli jurnalist va tarjimon. („Qatagʻon qurbonlari va ularning adabiy-badiiy hamda publitsistik merosi“ respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2015-yil 15-aprel). – Toshkent, 48-bet. Aʼzam Ayubov 1935-yili rus tilida yozgan tarjimayi holiga koʻra, 1919-yili quyi-oʻrta maktabni bitiradi. 1921-yilga qadar turli xil kurslarda oʻqish bilan birgalikda ishlaydi. 1924-yili komsomol aʼzosi boʻladi. Ayubov nashriyotda ishlab yurgan vaqtida jurnalistikaga qiziqishi ortadi va avval oʻrta maktabda oʻqib, uni tugatadi. Oʻrta maktabni tugatgach Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU, hozirgi OʻzMU)ning ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqiydiBahrom Irzayev. Aʼzam Ayub – iqtidorli jurnalist va tarjimon. („Qatagʻon qurbonlari va ularning adabiy-badiiy hamda publitsistik merosi“ respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2015-yil 15-aprel). – Toshkent, 49-bet. Arxiv hujjatlarini oʻrgangan tarixchi Shamsutdinov, Aʼzam Ayubovning Toshkent Plan institutini bitirganini yozadi. Xorijiy tillardan rus, turk, tatar tillarini bilgani kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasida yozilgan.
Kutubxonachilik 1919-yili Ayubov ustozining tavsiyasi bilan Turon kutubxonasiga kitob tashuvchi boʻlib ishga joylashadiKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015. 85-bet.. Ishdan boʻsh vaqtida oʻzbek, rus, turk tillaridagi kitoblarni mutolaa qiladi. Kutubxonachi sifatida 1919-yildan 1920-yilgacha ishlaydi.
Taxalluslari Aʼzam Ayubov oʻz maqolalarida „Aʼzam Ayubov“, „Chigʻatoy“, „Aʼzam“, „Ayub“, „Jimit“, „Gazetchi“, „Tomoshachi“, „Toshkentli“, „A. A.“ taxalluslaridan foydalangan.
Jurnalistik faoliyati
RoʻsTO Rossiya Telegraf agentligi Turkiston boʻlimi tomonidan nashr etilgan „RoʻsTO“ gazetasini doimiy oʻqib borgan Aʼzam Ayubov gazetadagi eʼlondan soʻng gazetaga xabarlar yozishni boshlaydi. Koʻp oʻtmay, u „RoʻsTO“ning xabarlar yuboruvchi faol jurnalistlaridan biriga aylanadi. Hatto Eski Joʻvadagi bosmaxonaga borib, gazetaning chop etilishi jarayoni bilan tanishadi. Aʼzam Ayubovning zamondoshi, 1927-yili ilk marta nashr etilgan „Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927)“ asari muallifi Ziyo Said (asl ism-familiyasi Soli Qosimov) ham Aʼzam Ayubovning 1919-yildan nashr etila boshlangan „RoʻsTO“ devoriy gazetasi faoliyatiga oʻz hissasini faol qoʻshganligini tasdiqlaydiZiyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927). 102-bet..
Qizil Oʻzbekiston Turkiston Milliy ishlar komissarligining 1918-yil 20-iyunida nashr etila boshlagan „Ishtirokiyun“ („Kommunist“) gazetasi 1920-yil 19-dekabrdan boshlab „Qizil bayroq“ nomi bilan chop etila boshlanadi. Aʼzam Ayubov esa shu yilning oxirlarida mazkur gazeta tahririyatiga korrektor yordamchisi boʻlib ishga kiradi. Tahririyat xodimlari besh kishidan iboratligi tufayli Aʼzam Ayubov korrektorga yordamchilik vazifasi bilan birgalikda korrektorlik, gazeta chiqaruvchilik, texnik muharrirlik hamda jurnalistlik ishlarini ham bajaradi. Aʼzam Ayubov XIX asr 20-yillarining oʻrtalarida Yosh buxoroliklarning „Tong“ jurnaliga maqolalarni oqqa koʻchiruvchi kotib-mirza boʻlib ishga kiradi. Ikki nashrdagi faoliyati davomida Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat kabi shoir, yozuvchi va jurnalistlardan adabiyot va jurnalistika boʻyicha bilimlarni oʻrganadi.
1922-yil 19-sentyabrdan boshlab „Qizil bayroq“ gazetasi „Turkiston“ nomi bilan chiqa boshladi. Gazeta idorasida dastlab Aʼzam Ayubov, Mirmuhsin Shermuhamedov, Allomovlar ishlaydi. Keyin Qosim Sorokin, Muhammad Hasan, Abdulhamid Choʻlpon ishga olinadiZiyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927). 67-bet.. Aʼzam Ayubov dastlab boʻlim mudiri, keyin mas’ul kotib oʻrinbosari lavozimlariga koʻtariladi. Turkiston ASSR tugatilib, Oʻzbekiston SSR tuzilishi munosabati bilan gazeta 1925-yil 5-dekabrida „Qizil Oʻzbekiston“ nomini oldi. Aʼzam Ayubov esa 1937-yilga qadar „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida mas’ul kotib oʻrinbosari boʻlib ishlaydiKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015. 86-bet.. „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatiga Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Botu kabi shoir va yozuvchilar tez-tez kelib turardi. Gazetada ishlagagan Aʼzam Ayubov adiblar bilan muloqotda boʻladi va bu muloqatlar taʼsirida keyinchalik oʻqishini davom ettiradi.
Kambagʻal dehqon 1925-yildan „Qizil Oʻzbekiston“dan yangi gazeta va jurnallar tarmoqlanib ajrala boshlaydi. 1925-yil fevralida Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi va Qoʻshchi ittifoqi Markaziy qoʻmitasi „Kambagʻal dehqon“ gazetasini nashr qilishni boshlaydi. Ziyo Saidning yozishicha, gazetaning maʼsul muharriri hay’at tahririyati hisoblanib, Ayubov hay’at aʼzolaridan biri ham boʻlganZiyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927). 78-79-betlar.. Aʼzam Ayubov bu gazetaning shakllanishida faol ishtirok etib, 1925-yil iyulidan 1926-yil iyuligacha „Kambagʻal dehqon“ gazetasida mas’ul kotib lavozimida ish yuritadi.
Yer yuzi 1926-yildan boshlab „Yer yuzi“ nomli suratli jurnal chiqa boshlaydi. Jurnalning birinchi muharriri Komiljon Alimov, birinchi kotibi Aʼzam Ayubov boʻladi. 1927-yilda jurnal muharrirligi avval Mannon Ramz, keyin Qosim, Aʼzam Ayubov, Saidgʻani Valiyev, Elbek va Botudan iborat tahrir hay’atiga oʻtadiZiyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927). 97-98-betlar.. „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining ilovasi boʻlgan „Yer yuzi“ jurnalida Ayubov 1926-1928-yillar davomida mas’ul kotib lavozimida ishlaydi. Keyinchalik „Yer yuzi“ jurnali „Mash’ala“, „Guliston“ nomlari bilan chiqa boshlaganda Ayubov bu jurnallarda muharrir oʻrinbosari (1931-1937) boʻlib faoliyatini davom ettirgan.
Boshqa nashrlar Shamsutdinov „Qizil Oʻzbekiston“, „Pravda Vostoka“ nashriyotlarining kasaba uyushmasi raisi boʻlganligini yozadi. Ziyo Saidga koʻra, Aʼzam Ayubov 1920-yili chiqib boshlagan „Yosh Sharq“ gazetasi faoliyatida ham faol ishtirok etganZiyo Said. Tanlangan asarlar/Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870-1927). Toshkent: „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“, 1974 (1927). 98-99-betlar..
Adabiy va tarjimonlik faoliyati Adabiy faoliyati Aʼzam Ayubov matbuot bilan birgalikda adabiy jarayonlar bilan ham shugʻullangan. Uning sanʼat va adabiyotga oid bir qancha taqrizlari oʻz davrining matbuot nashrlarida chop qilinganKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015. 88-bet.. Tarjimonlik faoliyati Aʼzam Ayubov tarjima sohasi bilan ham faol shugʻullangan. U bir qancha kichik hikoyalarni tarjima qiladi. Ayubov Sumbottining „Adabsiz zanji“, Boris Pilnyakning „Sultonning qahvasi“, Blosku Iboniyusning „Yoʻlovchi“, Anri Barbyusning „Shahzoda Ferdinand“ kabi hikoyalarini tarjima qilgan. Yana Lev Nikolayevich Tolstoyning „Kavkaz asiri“ qissasi, Anton Pavlovich Chexov, Maksim Gorkiy, Mixail Aleksandrovich Sholoxov singari rus yozuvchilarining hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Karlo Goldonining „Mehmonxona bekasi“, Fridrix Shillerning „Makr va muhabbat“, Nikolay Vasilyevich Gogolning „Uylanish“ asarlari Hamza nomidagi teatr (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri) sahnasida Aʼzam Ayubov tarjimasida namoyish etiladi. Ammo Aʼzam Ayubov Migel de Servantesning „Don Kixot“ romani tarjimasini oxiriga yetkaza olmaydiKarimov N. 1937—1938-yillardagi „Katta qirgʻin“ning fojiali oqibatlari. Toshkent, 2015. 88-bet..
Qatagʻon qilinishi Tergov va vafot etishi 1937-yil 13-oktyabrda Aʼzam Ayubovni qamoqqa olish boʻyicha order beriladi. 1937-yil 15-oktyabrda uning Toshkent shahri, Abdulla Toʻqay koʻchasidagi 19-raqamli uyida tintuv oʻtkaziladi va Aʼzam Ayubov qamoqqa olinadi.