Josef Masopust (1931-yil 9-fevral – 2015-yil 29-iyun) – chexiyalik professional futbolchi va murabbiyYozef Masopust – cheshskiy „Futbolist veka“. Josef yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Chexoslovakiya terma jamoasining 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga qadar yetib borishida yordam bergan asosiy oʻyinchilardan biri boʻlgan. Masopust terma jamoa tarkibida 63 marta maydonga tushib, oʻnta gol muallifi boʻlgan.
Josef 1962-yil Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan1962 – JOSEF MASOPUST – LA PRIME AU COLLECTIF . 2003-yil noyabr oyida UEFA yubileyini nishonlash uchun Masopust Chexiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan soʻnggi 50 yildagi eng koʻzga koʻringan oʻyinchisi sifatida mamlakatining Oltin futbolchisi sifatida tanlangan. U 2004-yilning mart oyida Pele tomonidan hayotda yashayotgan eng yaxshi 125 futbolchidan biri sifatida eʼtirof etilgan. U barcha davrlarning eng buyuk yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan.
Terma jamoadagi faoliyati Masopust xalqaro maydondagi debyutini 1954-yil oktyabr oyida Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Josef Chexoslovakiya terma jamoasi tarkibida 1958-yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan. Guruh bosqichidan keyingi bosqichga oʻtish uchun oʻtkazilgan oʻyinda, Chexoslovakiya Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi pley-off oʻyinida magʻlubiyatga uchragan. 1960-yilda 1955—1960-yillardan oʻtkazilgan Markaziy Yevropa xalqaro kubogini gʻolib sifatida yakunlagan. Chexoslovakiya 1960-yilgi UEFA Yevropa futbol chempionatining yangi turniri yarim finalida Sovet Ittifoqi terma jamoasiga magʻlub boʻlgan va uchinchi oʻrin uchun kechgan oʻyinda Fransiyani 2-0 hisobida magʻlub etib bronza medal sohibi boʻlgan.
1962-yilda Masopust Chexoslovakiya terma jamoasinining asosiy yetakchi boʻlgan va 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan. Final oʻyinida Josef birinchi golni urgan, ammo Braziliya yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan va jahon chempioni boʻlgan. Jahon kubogi finalidagi oʻyini tufayli u 1962-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Josef shuningdek, 1963-yilda Angliyaga qarshi jahon terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Masopust 50 yoshli Matthewsning 1965-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlayotganida, Stanley Matthews bilan xayrlashuv oʻyinida Yevropa xalqaro XI tarkibida oʻynashga taklif qilingan. Chexoslovakiya 1966-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi; Masopust saralash bosqichi davomida faqat bitta oʻyinda, 1965-yilning may oyida Ruminiyaga qarshi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda maydonga tushgan.
Uning soʻnggi terma jamoadagi ishtiroki 1966-yilning may oyida Sovet Ittifoqiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boʻlgan. Umuman olganda, u milliy terma jamoasi safida 63 marta maydonga tushib, oʻnta gol urgan.
Oʻyin uslubi Faoliyatining dastlabki davrlarida Masopust chap qanot yarim himoyachi sifatida oʻynagan. 1962-yilgi jahon chempionati vaqtida u markaziy yarim himoyachi, tayanch yarim himoyachisi va himoyachi ampulasida oʻynashni boshlagan edi.
Masopust vengriyalik József Bozsik bilan oʻxshash uslubdagi futbolchi edi; jamoasining asosiy kuchi va u ham hujumlarni yaratuvchi edi. Josef toʻpni mukammal nazorat qila olgan, himoyada toʻpni qaytarib olishda ham, raqibga qarshi driblingdan foydalanishda eng yaxshilaridan biri boʻlgan. Masopust ham Bozsik kabi jamoadoshlariga toʻpni yaxshi uzatuvchi edi. U raqiblarga qarshi kurashlarda zoʻr emas edi, lekin raqiblarining harakatlarini oldindan koʻrish va ularning uzatmalarini ushlab (qaytarib) qolish orqali oʻzining kamchiliklari oʻrnini toʻldirgan.
Chexoslovakiyaning himoyaviy „xavfsiz“ oʻyin uslubi falsafasiga bogʻliq holda, Masopustning hujumdagi harakatlari cheklangan edi. Josef shunnga qaramay terma jamoa tarkibida 63 oʻyinda oʻnta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Klublar miqyosida Dukla Praga jamoasi safida 386 ta oʻyinda maydonga tushib, 79 ta gol urgan.
Vafoti thumb|Juliska stadioni tashqi maydonidagi Masopust haykali Masopust 2015-yil 29-iyun kuni Pragadagi uyida, 84 yoshida vafot etgan. Garchi oʻlim sababi aytilmagan boʻlsa-da, Chexiya televideniyesida uning uzoq davom etgan, jiddiy, maʼlum qilinmagan kasallik bilan kurashgani aytilgan.
Vafotidan avval Dukla jamoasining Juliska stadioni tashqi maydonida Masopust haykali qurilgan va 2011-yil iyun oyida ochilgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro +Terma jamoa va yillar boʻyicha oʻtkazilgan oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarChexoslovakiya195410195500195610219576019581021959201960621961711962113196340196440196510196610Jami6310
Hisob va natijalar birinchi boʻlib Chexoslovakiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni har bir Masopust golidan keyin natijani koʻrsatadi.
+Josef Masopust tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaJoy va stadionRaqibHisobNatijaMusobaqa11956-yil 10-mayCharmilles stadioni, Jeneva, Shveysariya6–16–11955—1960 Markaziy Yevropa xalqaro kubogi21956-yil 8-avgustEstádio do Pacaembu, São Paulo, Braziliya1–31–4Oʻrtoqlik31958-yil 30-avgustStrahov stadioni, Praga, Chexoslovakiya1–01–2Oʻrtoqlik41958-yil 13-dekabrLuigi Ferraris stadioni, Genuya, Italiya1–01–11955—1960 Markaziy Yevropa xalqaro kubogi51960-yil 1-mayStrahov stadioni, Praga, Chexoslovakiya1–04–0Oʻrtoqlik61960-yil 22-mayLiya Manoliu stadioni, Buxarest, Ruminiya1–02–01960-yilgi Yevropa chempionati71961-yil 29-oktyabrStrahov Stadium, Praga, Chexoslovakiya6–17–11962-yilgi FIFA Jahon kubogi saralashi81962-yil 17-iyunEstadio Nacional, Santyago, Chili1–01–31962-yilgi FIFA Jahon kubogi finali91962-yil 16-sentyabrPraterstadion, Vena, Avstriya2–06–0Oʻrtoqlik104–0
Yutuqlar Dukla Praga
Chexoslovakiya Birinchi ligasi: 1953, 1956, 1957–58, 1960–61, 1961–62, 1962–63, 1963–64, 1965–66 Chexoslovakiya kubogi: 1960–61, 1964–65, 1965–66 Xalqaro futbol ligasi: 1961-yil Amerika Challenge Kubogi: 1962, 1963, 1964
Chexoslovakiya
Markaziy Yevropa xalqaro kubogi: 1955-60 UEFA Evropa chempionati bronza medali: 1960-yil FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 1962-yil
Individual
Oltin toʻp: 1962-yil UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1960-yil FIFA Jahon chempionatining kumush toʻpi: 1962-yil FIFA Jahon chempionati yulduzlari jamoasi: 1962-yil Jahon futbol dunyosi XI: 1962, 1964 ADN Sharqiy Yevropadagi mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 1962 Yilning Chexoslovakiya futbolchisi: 1966-yil UEFA Chex Oltin futbolchisi: 2003-yil FIFA 100 UEFA prezidenti mukofoti: 2014-yil
Manbalar
Havolalar
Qisqacha biografiya 1962-yil – JOSEF MASOPUST – KOLLEKTIV BONUS, France Football
Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:Chexoslovakiyalik erkak futbolchilar Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Oltin futbolchilari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA 100 Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1962-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:FK Teplice futbolchilari Turkum:Dukla Prague futbolchilari Turkum:Chexiyalik futbol murabbiylar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:K.V.V. Crossing Elewijt futbolchilari Turkum:FK Dukla Prague futbolchilari Turkum:FK Baník Most 1909 futbolchilari