Ummu Kulsum binti Uqba () () – islom paygʻambari Muhammadning sahobasi. Musulmon ayollar, jumladan, Ummu Kulsum Islomni qabul qilib, kofir erlarini tashlab ketayotgan vaqtda Qur’onning 60:10 oyati nozil boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.. Ushbu oyat musulmonlar jamiyatiga hijrat qilgan ayollarning iymonini sinashni, agar iymoni toʻgʻri boʻlsa, ularni kofir erlariga qaytarmaslikni buyuradi.

Hijrat Ummu Kulsum Makkada tugʻilgan. Otasi Uqba ibn Abu Muayt, onasi Arva binti KarizMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers., xalifa Usmon uning ona bir akasi boʻlgan. Ularning onasi Arva binti Kariz paygʻambar Muhammadning birinchi amakivachchasi ediMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..

Ummu Kulsumning otasi Uqba ibn Abu Muayt Muhammadning raqibi edi, biroq 622-yilga qadar u musulmon boʻlgan. Hijratdan keyin Ummu Kulsum Makkada qolganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.. Otasi Uqba esa 624-yilda Badr jangida halok boʻlganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 337. Oxford: Oxford University Press..

628-yilda tuzilgan Hudaybiya shartnomasidan keyin Ummu Kulsum Xuzoa qabilasi aʼzosi bilan Makkadan Madinaga joʻnab ketdi. Ukalari Volid ibn Uqba va Ammara ham uning ortidan yoʻl olishdi va Madinaga ulardan bir kun oldin yetib kelishdi. Hudaybiya shartomasida Makkadan Madinaga qochib ketgan musulmonlar oʻz oilalariga qaytarilishi kerakligi qayd etilgan edi. Shunga koʻra, Volid ibn Uqba va Ammara Muhammaddan Ummu Kulsumni ularga qaytarishini soʻrashdi. Shundan keyin Muhammadga shunday vahiy kelganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.:

Oilasi Ummu Kulsum dastlab Zayd ibn Horisaga turmushga chiqqan. Ularning ikki farzandi boʻlib, Zayd ismli oʻgʻli goʻdakligida vafot etgan, Ruqayya ismli qizi esa Usmonning himoyasida hayot kechirgan. Keyinchalik, Zayd ibn Horisa Ummu Kulsum bilan ajrashgan va oradan koʻp oʻtmay, Mu’ta jangida halok boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..

Shundan keyin Ummu Kulsum Zubayr ibn Avvomga turmushga chiqqan. Zubayr ayollarga nisbatan qattiqqoʻl inson boʻlgan, shu sababli Ummu Kulsum eridan ajrashishni soʻragan, biroq Zubayr uning bu iltimosini rad etgan. Zubayr namoz oldidan tahorat olayotgan vaqtda Ummu Kulsum uni yana bezovta qilgan va ajralishni soʻragan, shunda Zubayr xotinini bir taloq qilgan. Koʻp oʻtmay Ummu Kulsum ularning qizi Zaynabni dunyoga keltirgan. Islom shariatida ajrashgan ayolning iddasi (kutish muddati) farzand dunyoga keltirishi bilan tugaydi. Buni eshitgan Zubayr ayolining vaziyatni butunlay oʻzgartirib yuborganini sezgan va: „U meni aldadi, uni Alloh aldasin!“ deya shikoyat qilgan. Shundan soʻng paygʻambar Muhammad unga agar Ummu Kulsum bilan yarashishni istasa, unga yana turmush qurishni taklif qilishini maslahat bergan, biroq Zubayr hech qachon Ummu Kulsumning yoniga qaytmasligini aytib, rad javobini berganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers..

Ummu Kulsumning uchinchi eri Abdurahmon ibn Avf edi. Ularning Muhammad, Ibrohim, Hamid (yoki Humayd), Ismoil, Hamida va Amat ar-Rahmon ismli olti farzandi boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Ummu Kulsum va Abdurahmoning nikohi yigirma yildan ortiq davom etgan. Abdurrahmon 653 yoki 654-yilda vafot etganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers..

Abdurahmon ibn Avfdan beva qolgach, Ummu Kulsum Amr ibn al-Osga turmushga chiqqan. Oradan bir oy Ummu Kulsum vafot etganal-Tabakat al-Kobra for Ibn Saʼd.

Manbalar

Turkum:Ayol sahobalar Turkum:610-yilda tugʻilganlar Turkum:654-yilda vafot etganlar Turkum:Banu Umayya