Eduardo Luís Marques Kruss Gomes (6-dekabr 1955-yil, Loures, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq futbolchi, markaziy himoyachi va murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Klubdagi faoliyati Eduardo Lisbon tumaning Loures shahrida tugʻilgan, „Benfika“ klubining yoshlar jamosida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, „Maritimo“ klubi bilan professional futboldagi faoliyatini boshlagan. Eduardo Luis 1975—1976-yilgi mavsumda „Benfika“ klubi bilan qayta shartnoma imzolagan, biroq Primeira Ligada atigi uchta oʻyinda ishtirok etgan, soʻngra „Madeira“ klubiga qaytgan. Eduardo klubiga Segunda Ligasidan yuqori ligaga koʻtarilishiga yordam bergan va keyingi toʻrt mavsum davomida yuqori ligada atiga ikki oʻyinni oʻtkazib yuborgan.

1981-yilda „Maritimo“ klubi yana ikkinchi divizionga tushib qolgan va Eduardo klub safida barcha oʻyinlarda ishtirok etgan va ularning yana yuqori ligaga chiqishiga hissa qoʻshgan. Eduardo 1982-yil yozida „Porto“ klubiga oʻtgan va yetti mavsumning ikkitasida muntazam ravishda asosiy tarkibda oʻynagan. Eduardoning eng yorqin mavsumi 1986—1987 yillarga toʻgʻri kelgan. Bu davrda Eduardo ikkinchi oʻrinni egallagan klub tarkibida 27 ta oʻyinda maydonga tushgan av bitta gol urgan. Shuningdek, „Porto“ klubi Portugaliya kubogining yarim finaliga chiqgan va oʻsha mavsumda Yevropa chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan. Eduardo „Bayern Munich“ klubiga qarshi final oʻyinida (2:1) toʻliq 90 daqiqa oʻynagan.

1989-yilda, 33 yoshida Eduardo „Porto“ klubidan ketgan va ikkinchi ligadagi „Rio Ave“ klubiga oʻtgan. Eduardo Kanada Milliy Futbol Ligasida ishtirok etuvchi „SC Toronto“ klubi safida qisqa muddat oʻynaganidan soʻng Portugaliyaga qaytib kelgan. Shundan keyin uchinchi diviziondagi „Ovarense“ klubiga qoʻshilgan va birinchi mavsumidayoq klub bilan yuqori ligaga koʻtarilishga erishgan.

Eduardo futbolchilik faoliyatini tugatganidan bir yil oʻtib, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Keyingi mavsumlar davomida Eduardo ikkinchi va uchinchi diviziondagi oʻndan ortiq klublarda faoliyat yurittgan. Uning eng katta yutugʻi 1995—1996-yillarda „Aves“ klubini ikkinchi divizionning toʻrtinchi oʻrniga olib chiqqani boʻlgan.

Milliy terma jamoasidagi faoliyati Eduardo Portugaliya milliy terma jamoasida debyut oʻyini 1980-yil 24-sentyabrda Italiyaga (3:1) qarshi boʻlgan. Keyingi yetti yil davomida Eduardo jami sakkiz marta milliy terma jamoa safida maydonga tushgan. Eduardo futbol boʻyicha 1984-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan va yarim final bosqichigacha maydonga tushmagan.

Manbalar

Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar