Lassana Camará (1991-yil 29-dekabr, Bisau, Gvineya-Bisau) – gvineya-bissaulik futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Lassana Portugaliya fuqaroligiga ega.

Klubdagi faoliyati Lassana Bisau shahrida tugʻilgan, S. L. Benfika akademiyasida toʻrt yil tahsil oldi va oʻsmirlikdagi soʻnggi mavsumida 33 oʻyinda ikkita gol urdi. Lassana oʻzining professional faoliyatini Shveysariyaning Servette klubida boshladi. 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida jarohat olgani sababli, faqat 2011-yil yanvarida musobaqalarga qaytdi. Sobiq Benfika oʻyinchisi va uning yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan Joao Alves boshchiligidagi jamoa Super Ligaga koʻtarilgan mavsumda, Lassana ikkinchi divizionda atigi 257 daqiqa maydonda boʻldi.

Lassana 2011-yilning 9-iyulida Ispaniyaning Real Valyadolid klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Uning birinchi va yagona mavsumi yakunida klub ikki yillik tanaffusdan soʻng La Ligaga qaytdi, biroq Lassana atigi 33 daqiqa maydonda toʻp surdi. Keyinchalik, rahbariyat va direktorlar kengashi bilan bir qator kelishmovchiliklar tufayli Lassana klubni tark etdi.

2014-yilning 30-avgustida, deyarli ikki yil davomida biror klubga aʼzo boʻlmagan va Braziliyada qisqa muddat oʻynagan Lassana, S. C. Braga jamoasiga qoʻshildi hamda Segunda Ligasida zaxira jamoasi tarkibiga kiritildi. Lassana keyingi yillarda ham oʻsha darajada qoldi, Académico de Viseu FC va Leixões SC klublari safida ham juda kam oʻyinda maydonga tushdi.

Lassana 2019-yilning yanvar oyi oxirlarida Ruminiyaning III ligasidagi SCM Gloria Buzău jamoasiga oʻtib ketdi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Lassana Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida jami 51 ta oʻyin oʻtkazdi, shundan 13 tasi 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida. Lassana 2011-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchta oʻyinda maydonga tushdi va jamoasining finalga chiqishiga yordam berdi.

Lassana 2014-yilda Gvineya-Bissau milliy terma jamoasi safiga qoʻshildi va 2-avgust kuni oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Lassana 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Botsvana bilan boʻlib oʻtgan va 1:1 hisobida yakunlangan uy oʻyinida 59 daqiqa oʻynadi.

Yutuqlari

Klub Gloria Buzău

Liga III: 2018—2019

Xalqaro Portugaliya U20

FIFA U-20 jahon chempionati ikkinchi oʻrin: 2011

Orden

60x60px Shahzoda Genrix ordeni

Manbalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gvineya-Bisaulik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:Leixões S.C. futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar