Carlos Eduardo de Fiori Mendes (1986-yil 31-avgust, Andradina, São Paulo, Braziliya) – Cadu nomi bilan tanilgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati
Yoshlikdagi Faoliyati Cadú Braziliyaning Andradina shahrida tugʻilgan. U oʻzining professional futboldagi faoliyatini oʻz yurtidagi Campinas Futbol Klubi va Porto Alegri klublarida boshlaganProfile in Zerozero . Cadú 2007-yilning yozida Braziliyani tark etib, Chernogoriyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Chernogoriyaning Birinchi Ligasida oʻynaydigan FK Zeta klubiga qoʻshildi. Keyingi ikki mavsumni shu jamoada oʻtkazdicom_joomleague/Itemid,121/func, showPlayer/p,1/pid,402/ Profile at fscg.co.me .
Red Star Belgrade Cadú va Sávio 2007—2009-yillarda bitta klubda toʻp surgan. Ular dastlab Porto Alegreda, soʻngra Zetada birga oʻynashgan. 2009-yil iyun oyida esa ikkalasi ham Serbiyaning Red Star Belgrad klubi bilan shartnoma imzolashgan. Cadú Red Star bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi va har mavsumda 200 000 yevro miqdorida maosh olishi belgilandi. Cadú 2009-yilda jamoaga qoʻshilganidan beri UEFA Yevropa Ligasiga saralash bosqichlarida Red Star Belgrade uchun muhim oʻyinchi boʻlib keldi. Cadú klub safida UEFA musobaqalarida ilk golini Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida Dinamo Tbilisiga qarshi oʻyinda urdiCrvena zvezda – Dinamo Tbilisi. 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichi, pley-off va uchinchi saralash bosqichida Cadú Slovan Bratislavaga qarshi oʻyinda gol urdiSlovan Bratislava – Crvena zvezda. 2012-yil 5-may kuni oʻtkazilgan Belgrad derbisida Red Star klubi oʻzining azaliy raqibi Partizanni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Kadú 90-daqiqada 20 metrdan uzoqroq masofadan hal qiluvchi golni kiritib, jamoasiga gʻalaba keltirdiKadu za pobedu Zvezde u 93. minutu at Večernje novosti, 5 May 2012 . Cadú Red Star klubidagi faoliyatining yakunida jamoa tarixidagi eng koʻp gol urgan va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan xorijlik futbolchiga aylandi.
Sherif Tiraspol Cadú 2013-yilning 17-iyunida Red Star klubi bilan shartnomasi yangilanmaganidan soʻng, „bosman qoidasi“ (bosman qoidasiga koʻra evropa Ittifoqidagi futbolchilar shartnoma muddati tugagach, transfer toʻlovi toʻlamasdan boshqa klubga oʻtish mumkin) asosida Sheriff Tiraspol klubiga oʻtdiMozzart Sport (Serbian): ZVANIČNO: Kadu postao šerif 17 June 2013. 2013—2014-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichida Cadu FK Sutjeska Nikšićga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda Sheriff klubi uchun oʻzining birinchi golini kiritdi. Oʻyin 5:0 hisobi bilan yakunlandi Sportske: LŠ – „Petarda“ kraj Bistrice, ispao Helsinki 23 July 2013. Cadú 2013—2014-yilgi mavsum davomida Sheriffning Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi va Tiraspolda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Tromso darvozasiga gol kiritdi. 2016-yil 21-martda Cadú oilaviy sharoit tufayli Sheriffni kutilmaganda tark etishga majbur boʻldi FC Sheriff: Brazilian midfielder Kadu left FC Sheriff. 21 March 2016. Retrieved 19 August 2016.
Statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar soni va urgan gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaviyBoshqaUmumiyDivizionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolRed Star Belgrade2009–2010Superliga2133142002862010–20112654021003262011–2012201120410026122012–2013132003000162Umumiy80211011340010226Sherif Tiraspol2013–2014Divizia Națională237301121013132014–20151833060103092015–2016181002011215Umumiy591160193318715Jami139321603273118941
Yutuqlari Sherif Tiraspol
Moldova milliy divizioni: 2013—2014 Moldova Superkupasi: 2014
Red Star
Serbiya kubogi: 2009—2010, 2011—2012
Manbalar
Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Sheriff Tiraspol futbolchilari Turkum:FK Zeta futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:Akhaa Ahli Aley FC futbolchilari Turkum:Balzan F.C. futbolchilari Turkum:Porto Alegreja FC futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Chernogoriya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Livan Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Malta Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Moldova Super Ligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moltadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Livandagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar