Paulo Sérgio Rodrigues Teles (1993-yil 30-mart, Funshal, Portugaliya) – portugaliyalik futbolchi, A. D. Camacha klubida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp surmoqda.

Klubdagi faoliyati Teles Madeiraning Funshal shahrida tugʻilgan, 16 yoshida SL Benfica akademiyasida yoshlar jamoasidagi faoliyatini yakunlagan. 2012-yil avgustda Teles Ispaniyaga koʻchib oʻtgan, Deportivo de La Coruña klubi bilan shartnoma imzoladi va oʻz debyut oʻyinini Tercera Divizionda zaxira jamoasida professional futbolchilar tarkibida oʻtkazdiPaulo Sergio Rodríguez, ‘Teles’ refuerza el centro del campo del Fabril procedente del Benfica (Paulo Sergio Rodríguez, 'Teles' bolsters Fabril midfield from Benfica) ; A Xogada, 16 August 2012 (in Spanish).

Teles Galisiyaliklar jamoasining asosiy tarkibida birinchi rasmiy oʻyinini 2013-yil 11-sentyabrda oʻtkazdi. Teles Copa del Reyning (futbol boʻyicha Ispaniya kubogi) ikkinchi bosqichida Córdoba CF klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan va oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandiEl Dépor se venga del Córdoba desde el punto de penalti (Dépor get revenge on Córdoba from the penalty spot); Marca, 12 September 2013 (in Spanish). Segunda B divizionidagi CD Guijuelo va CD Compostela klublarida ijara asosida oʻynaganidan soʻng, Teles 2015-yil 8-avgustda jamoani tark etdiLa cesión de Teles al Compostela, confirmada (Loan of Teles to Compostela, confirmed); La Voz de Galicia, 29 July 2014 (in Spanish)Noticias?accion=4&ver=1&nid=30778&mid=12 El Deportivo y Teles llegan a un acuerdo para la rescisión de su contrato (Deportivo and Teles reach agreement for the termination of his contract); Deportivo La Coruña, 8 August 2015 (in Spanish).

2016-yil 20-fevralda Teles Bolgariyaning PFC Lokomotiv Plovdiv klubiga oʻtdiLoko (Pd) se podsili s portugales predi derbito (Lokomotiv (Plovdiv) are bolstered by Portuguese before derby); Sportal, 20 February 2016 (in Bulgarian). Teles Bolgariyaning birinchi professional futbol ligasidagi yagona golini 10-aprelda PFC Slavia Sofiyaga qarshi oʻyinda (3:1) urdiLokomotiv Pd 3:1 Slaviya (Lokomotiv Pd 3:1 Slavia); Gong.bg, 10 April 2016 (in Bulgarian).

Teles 2018-yilning yozida vataniga S. C. Farense klubi safiga qaytdiII Liga: Paulo Teles assina pelo Farense (II League: Paulo Teles signs for Farense); Mais Futebol, 21 June 2018 (in Portuguese). 2018—2019-yilgi mavsumda Teles S. C. Farense klubi tarkibida 21 marotaba maydonga tushgan va 3 ta gol urgan. Teles oʻz mamlakatida yagona professional oʻyinini 18-avgust kuni oʻtkazdi. LigaPro musobaqasida Portu B klubiga qarshi safardagi oʻyinning ikkinchi yarmida Vanja Markovichning oʻrniga maydonga tushdi va jamoasi 1:3 hisobida magʻlub boʻldiFC Porto B-Farense, 1–3: Algarvios somam novo triunfo (FC Porto B-Farense, 1–3: New win for the Algarveans); Record, 18 August 2018 (in Portuguese). Keyinchalik, Teles Portugaliyaning quyi ligalarida oʻynashda davom etdi. Telas 2022-yil 1-iyul kuni A. D. Camacha klubini tark etgandan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Deportivo de La Coruña futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar