Temur Rafkat oʻgʻli Qodirov (; 1988-yil 28-yanvarda tugʻilgan) – 2023-yil 29-avgustdan „Tatariston doʻstlik uyi“ direktoriDirektor. Portal Assamblei i Doma Drujbi narodov Tatarstana.
Tarjima holi 1988-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston SSRda, Margʻilon shahrida tugʻilgan. Temur 2011-yilda Qozon davlat tibbiyot universitetini stomatolog, 2013-yilda Qozon davlat tibbiyot akademiyasida rezidenturani ortopedik stomatologiya mutaxassisligini, 2017-yilda Qozon universitetining Xalqaro munosabatlar, tarix va sharqshunoslik yoʻnalishida magisturaturani tamomlagan. Universitetda oʻqishi bilan bir qatorda 2010-yilda „Oʻzbekiston yoshlari Tatariston Respublikasida“ tashkilotiga raislik qilganVstrecha s predsedatelem MANT Timurom Kadirovim. Nemsi Kazani Vkontakte, 30.11.2020.
Karyerasi 2013―2014-yillarda ― MNICT „Tretiy Glaz+“ MChJ tibbiy vakili;
2014-yildan 2016-yilgacha ― „Doktor Tsito“ MChJ tijorat direktori;
2016―2023-yillarda „Tatariston xalqlari doʻstligi uyi“ tashkilotining bolalar va yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi;
2023-yil 29-avgustdan ― „Tatariston xalqlari doʻstligi uyi“ tashkilotining direktoriDirektorom Doma drujbi narodov Tatarstana stal Timur Kadirov. Татар-информ, 29.08.2023.
Ijtimoiy faoliyati 2014―2023 ― Tatariston xalqlari yoshlar assambleyasi raisi. 2013-yil mart oyida tashkil etilgan Tatariston xalqlari yoshlar assambleyasining asoschisi va rahbari. U oʻz xalqi madaniyatini qadrlaydigan, oʻzgalarning urf-odatlarini hurmat qiladigan faol, tashabbuskor yoshlarni Yoshlar assambleyasi tarkibida birlashtira olganKadirov Timur Rafkatovich. Obщestvennaya palata Respubliki Tatarstan. 2015―2019 yillarda ― TR Davlat kengashi huzuridagi Yoshlar jamoat palatasi Taʼlim, madaniyat va vatanparvarlik tarbiyasi komissiyasi raisi; 2016―2019-yillarda ― Tatariston Respublikasi Jamoatchilik palatasining etnik va dinlararo munosabatlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari; 2020-yil yanvar oyidan ― Tatariston Jamoat palatasi raisining oʻrinbosariV Kazani „Dom Drujbi narodov Tatarstana“ vozglavit Timur Kadirov. news.myseldon.com, 29.08.2024.
Mukofot va unvonlar Yoshlar siyosati sohasidagi yutuqlari uchun Tatariston Respublikasi Yoshlar ishlari va sport vazirligining tashakkurnomasi, diplomi, faxriy diplomi, kumush medali; Davlat milliy siyosati sohasida loyihalarni amalga oshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari rahbarlarining Butunrossiya tanlovining ikkinchi darajali diplomi; Xalqaro aloqalar boʻyicha federal agentlikdan minnatdorchilik maktubi; RF Prezidenti V. V. Putin tomonidan imzolangan minnatdorchilik maktubi – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovidagi faol ishtiroki uchun; Yoshlar ishlari boʻyicha federal agentlikning minnatdorchilik maktubi – Rossiya davlat yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun; Rossiya Federatsiyasida millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun Davlat Dumasining etnik ishlar boʻyicha qoʻmitasining tashakkur maktubi.
Shaxsiy hayot Uylangan, bir oʻgʻil, bir qizi bor.
Manbalar
Havolalar Kadirov Timur Rafkatovich. addnt.ru Kadirov Timur Rafkatovich. Obщestvennaya palata Respubliki Tatarstan Kadirov Timur Rafkatovich. GlobalKAZAN.ru
Turkum:28-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shifokorlar Turkum:Tish shifokorlari Turkum:Tatar shifokorlari Turkum:Qozon davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari