Miladin Bečanović (,1973-yil 18-aprel, Nikšić, Yugoslaviya) – chernogoriyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida toʻp surgan. Klubdagi faoliyati

Lille Bečanović 1995—1996-yilgi mavsum oldidan Fransiyaning „Lille OSC“ klubiga oʻtgan. Lille OSCdagi ikkinchi mavsumida Bečanović 13 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Biroq, mavsum oxirida Lille OSC baribir Fransiyaning ikkinchi divizioniga tushib ketgan.

Partizan 2000-yilda FK Partizan klubiga qoʻshilganidan soʻng, Bečanović 2002 va 2003-yillarda ketma-ket ikki mavsum davomida „FK Partizan“ning ligada gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan. Murabbiy Ljubiša Tumbaković rahbarligida Bečanović oʻz hamshahari, doʻsti Andrija Delibašić bilan birgan hujum juftligini tashkil qilgan. 2001-yil 10-martda Bečanović 7000 tomoshabin oldida „FK Budućnost Podgorica“ga qarshi safar oʻyinida 1:0 hisobida gol urib gʻalaba qozongan. Toʻrt kundan soʻng Bečanović „FK Radnički 1923“ga qarshi dubl qayd etgan va „FK Partizan“ 4:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2001-yil 5-mayda Bečanović oʻzining sobiq jamoasi „FK Sutjeska Nikšić“ga qarshi safar oʻyinida 3:4 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyinda birinchi golni kiritgan. „FK Partizan“dagi birinchi mavsumidan tashqari, Bečanović klubning 2001-yilgi Yugoslaviya kubogi turnirida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Bečanović 2001-yil 9-may kuni „Red Star Belgrade“ga qarshi finalda oʻynagan va „FK Partizan“ „Red Star“ stadionida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.

2001-yil 7-dekabrda Bečanović „FK Obilić“ga qarshi oʻyinda (3:1) dubl qayd etgan, ammo ikkinchi golni urganidan keyin burni sindirib olgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Panserraikos F.C. futbolchilari Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Le Havre AC futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Yugoslaviyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar