Malika Rym Ali (qizlik familiyasi Rym Brahimi; 1969-yil, Qohira, Misr) – Iordaniya shahzodasi Ali bin Husseinning jazoirlik rafiqasi boʻlib, shahzoda Rym Ali bilan 2004-yil 7-sentyabrda turmush qurgan. Rym Alining kasbi jurnalistdir.
Hayoti Rym Ali Jazoir Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri va Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori lavozimli amaldori boʻlgan Lakhdar Brahimi va xorvat-arman millatiga mansub Mila Bacicning qizi. Rym Ali Buyuk Britaniya va Jazoirda oʻsib-ulgʻaygan boʻlib, Fransiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida taʼlim olgan.
Taʼlimi Rym Ali Parijdagi Sorbonne universitetida geografiya boʻyicha bakalavr va ingliz adabiyoti boʻyicha magistr darajasini olgan, 1991-yilda Parijdagi d’Études Politiques de Paris institutida siyosatshunoslik boʻyicha fan nomzodi, 1994-yilda Kolumbiya universiteti jurnalistika oliy maktabining xalqaro jurnalistika boʻyicha magistr darajasi olgan
Faoliyati Shahzoda Aliga turmushga chiqishdan oldin malika Rym xalqaro teleradiokompaniyalar, jumladan CNN telekanalida ishlagan. Avval u yerda 1998-yilda prodyuser sifatida va keyinchalik 2001-yildan 2004-yilgacha Bagʻdod muxbiri sifatida ishlagan. Rym Ali BBC, Dubai TV, Bloomberg TV, Radio Monte-Carlo Moyen-Orient va United Press International-UPIda ham ishlagan.
Rym Ali 2005-yil iyulidan beri Iordaniya qirollik kino komissiyasining Ijrochi komissari. Rym Ali „Jordan Media Institute“ notijorat muassasasining asoschisidir. Shuningdek, 2017-yildan beri „Amman xalqaro kinofestivali“ („AIFF“) prezidenti. Shaxsiy hayoti Rym va Shahzoda Alining ikki farzandi bor boʻlib, malika Jalila bint Ali hamda Shahzoda Abdulla bin Alidir. Ular farzandlari bilan birga Ammanda istiqomat qilishadi. Manbalar
Turkum:Qutb yulduzi ordeni katta xochi sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar