Andrey Yevgenyevich Lunyov - rossiyalik futbolchi, Moskvaning Dinamo klubi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati

Torpedo Moskva Andrey Torpedo bolalar futbol maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-yildan jamoaning asosiy tarkibida o‘ynay boshlagan va o‘sha mavsumda Rossiya havaskorlar chempionatida (Moskva zonasi) ishtirok etgan. Bir yildan keyin Torpedo jamoasi safida ikkinchi divizionda 7 ta va Kubokda 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ijarada (2012—2014) Lunyov 2011-2012-yilgi mavsumda Istra futbol klubiga ijara asosida borib qoʻshilgan. 2013-yilning yozida esa Kaluga klubiga ijaraga berilgan. Shundan soʻng futbolchi 2014-yilning oktabr oyida erkin agentga aylangan.

Saturn Andrey 2015-yilning qishida Ramenskoening Saturn jamoasi bilan shartnoma imzolagan va jamoa safida 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Ufa U 2015-yilning yozida Ufa jamoasiga o‘tgan va dastlabki mavsumni jamoaning yoshlar tarkibida o‘tkazgan. 2016-yil 11-sentabrda jamoa asosiy tarkibi safidada Rossiya Premyer-ligasidagi asosiy darvozabon sifatida oʻz debyutini amalga oshirgan. Oʻsha mavsum Lokomotivga qarshi o‘yinda Peychinovich tomonidan tepilgan penaltini qaytarib darvozasini quruq saqlab qolgan. Yil oxirigacha Ufa safida 10 ta o‘yinda qatnashgan boʻlib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 ta o‘yinni quruq o‘tkazgan.

Zenit 2016-yil 23-dekabr sanasida Lunyov Sankt-Peterburgning Zenit klubiga o‘tgan. Shartnoma 4,5 yil muddatga imzolangan. U Zenit safidagi ilk rasmiy o‘yinini 2017-yil 19-mart kuni Tulaning Arsenal jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Ushbu bahsda Zenit 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Bir necha muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng Lunyov jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. Jamoaga yangi bosh murabbiy, Roberto Manchini kelganda ham Lunyov asosiy darvozabonligicha qolgan. 2018-yilning 13-avgustida Rubinga qarshi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolgan holda Leonid Ivanov klubining ramziy tarkibiga kiritilgan. 2021-yilning oxirida tomonlar shartnoma uzaytirilishida kelisha olmaganlari sababli Andrey Zenitni erkin agent maqomida tark etgan .

2022-yilning iyulida Lunyov Zenit tomonidan unga 2020-2021-yilgi mavsumda to‘lanmagan bonuslar borligi haqida Aleksey Millerga murojaat qilgan.

Bayer 04 202- yil 9-iyulda Lunyov Leverkusendagi Bayer 04 klubiga o‘tgan va 2023-yilgacha shartnoma imzolagan. U 23-iyul kuni Freiburg bilan bo‘lgan nazorat o‘yinida tanaffusdan so‘ng Lukas Hradecky o‘rniga maydonga tushgan. Ushbu oʻyinda u bironta ham gol oʻtkazmagan. 9-dekabr kuni klub uchun rasmiy o‘yindagi debyutini Ferencvárosiga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinida amalga oshirgan. Futbolchi 2021-2022-yilgi mavsumda Bayer 04 tarkibida Bundesligada 3-o‘rinni egallagan.

Qarabağ 202- yil 19-avgustda Lunyov Qarabağ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va ushbu jamoa safiga borib qoʻshilgan. 27-avgust kuni u Kapazga qarshi chempionat o‘yinida oʻz debyutini amalga oshirgan. 21-sentabr kuni u Moldega jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinida maydonga tushgan va jamoasining 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam bergan.

2023-2024-yilgi mavsumda Yevropa kuboklarida eng ko‘p seyv (36) qilgan darvozabon sifatida tan olingan. Andrey Qarabağ darvozaboni sifatida 8 ta o‘yinda zarbalarning 72% ini qaytargan.

2024-yil 4-iyun kuni Lunyov shartnoma muddati tugagach, Qarabağ klubini tark etgan.

Dinamo Moskva 2024-yil 18-iyun kuni Lunyov erkin agent sifatida Moskvaning Dinamo klubiga o‘tgan. Jamoa va futbolchi oʻrtasidagi shartnoma 2026-yil yoziga qadar imzolangan. 20-iyul kuni Lunyov RPLning birinchi turida Voronejning Fakel jamoasiga qarshi o‘yinda jamoa safidagi debyutini amalga oshirgan. Ilk o‘yinida 74-daqiqada Yevgeniy Markovdan gol o‘tkazib yuborgan, 82-daqiqada esa sariq kartochka olgan. Lunyov butun o‘yin davomida maydonda harakat qilgan. Ushbu uchrashuvda Dinamo 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Terma jamoa faoliyati 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogiga Rossiya milliy futbol terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo Krasnodarga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli turnirda ishtirok eta olmagan.

Andrey 2017-yil 16-avgustda Rossiya terma jamoasining Novogorskdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. Lunyovning terma jamoadagi debyuti 2017-yil 10 oktabrda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yinida bo‘lib o‘tgan. 14-noyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘yinda ikkinchi o‘yinini o‘tkazgan. O‘yinning oxirida boshidan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan (zaxiradan oʻyinchi almashtirish imkoniyati qolmagani sababli Denis Glushakov darvozaga turgan). Andrey 2018-yil mart oyida Fransiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynagan. 2018-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga kiritilgan, ammo butun turnir davomida zaxirada qoldirilgan. Millatlar ligasidagi ilk o‘yini Turkiyaga qarshi oʻtkazgan. Shuningdek, Germaniya (0:3) va Shvetsiyaga qarshi (0:2) o‘yinlarda ham maydonga tushgan.

2018-yil 1 oktabr sanasidan Igor Akinfeev milliy terma jamoa safida oʻz faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiy Stanislav Cherchesov Lunyovni asosiy darvozabon deb e’lon qilgan. San-Marino va Kiprga qarshi o‘yinlarda zaxirada qoldirilgan (terma jamoa darvozasini Guilherme Marinato himoya qilgan).

U 2021-yil mart oyida JCh-2022 saralash o‘yinlari doirasida terma jamoaga chaqirilgan, ammo barcha uchta o‘yinni zaxirada o‘tkazgan. Andrey 2022-yilda Tojikiston (17-noyabr) va O‘zbekistonga (20-noyabr) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga Rossiya terma jamoasiga chaqirilmagan.

Darvozabon 2024-yil 11-martda Rossiya terma jamoasining Serbiya (21-mart) va Paragvay (25-mart) bilan boʻlib oʻtgan o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirilgan.

Mukofotlari Zenit Rossiya Premyer-ligasi: 2018–19, 2019–20, 2020–21 Rossiya kubogi: 2019–20

Manbalar

Havolalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Leon Saturn Ramenskoye futbolchilari Turkum:FC Ufa futbolchilari Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Bayer 04 Leverkusen futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FK Istra futbolchilari Turkum:FK Kaluga futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Ozarbayjon Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari