Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi – Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi. Elchixona Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan. Tarixi Fransiya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yilning 1-martida tan olgan. Elchixona Toshkent shahrining markazida joylashgan boʻlib, binosi 1909—1912-yillarda qurilgan. Binodan dastlab qizlarni oʻqitish maqsadida foydalanilgan. 1992-yilda Fransiya hukumati tomonidan bino ijaraga olingan boʻlsa, 2000-yilda toʻliq sotib olingan.
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchilari Missiyasining boshlanishi Missiyasini yakunlanishi Elchi 1992 1995 Jean-Paul Véziant 1995 2000 Jean-Claude Richard 2000 2004 Jacques-André Costilhes 2004 2007 Jean-Bernard Harth 2007 2010 Hugues Pernet 2010 2013 François Gauthier 2013 2016 Jacques-Henry Heuls 2016 2019 Violaine Billette de VillemeurDécret du 26 août 2016, JORF du 28 août 2016, texte , NOR MAEA1613001D. 2019 2021 Isabelle Servoz-Gallucci 2021 2025 Aurelia BouchezDécret du 17 août 2021, JORF du 18 août 2021, texte , NOR EAEA2124238D. 2025 amalda Walid Fouque
Yana qarang Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar