Ibrohim ibn al-Husayn ibn Ali ibn Muhammad ibn al-Valid (arabcha: إبراهيم بن الحسين بن علي بن محمد بن الوليد, oʻqilishi: Ibrāhīm ibn al-Ḥusayn ibn ʿAlī ibn Muḥammad ibn al-Valīd) 1287-yildan to 1328-yilda vafot etguniga qadar Yamanda oʻn birinchi tayyibiy ismoiliy Daʼi al-Mutlaq lavozimida ishlagan.
Hayoti Ibrohim XIII asrdan XVI asr boshlarigacha Daʼi al-Mutloq lavozimini deyarli uzluksiz egallab kelgan Banu al-Valid al-Anf oilasiga mansub edi. U sakkizinchi daʼi al-Husayn ibn Alining oʻgʻli va toʻqqizinchi daʼi Ali ibn al-Husaynning ukasi edi. Ibrohim oʻz qarorgohini Sanadan Afida qal’asiga koʻchirgan va 1325-yilda Kavkaban shahrini qoʻlga kiritgan. U shu yerda Zaydiy imomlariga qarshi kurashish uchun harbiy kuchlarni toʻplashni boshladi.
Uning vafotidan soʻng bu lavozimni Muhammad ibn Hatim (1327–1328) egallagan, undan soʻng esa Ibrohimning oʻgʻli Ali Shamsuddin I bu oʻringa kegan.
Qabri Uning qabri, 12- va 13-dailarning qabrlari bilan birga, yaqin vaqtgacha yashirin boʻlgan va olimlarga nomaʼlum edi. Yaqinda Yaman arxeologiya idorasi mahalliy Davudiy Bohralar bilan hamkorlikda ularni Hisn Afida hududidan topishgan. 2018-yil 25-noyabrda 53-Daʼi al-Mutlaq Mufaddal Sayfuddin bu qabristonnning mavjudligini keng ommaga maʼlum qilgan. Yaqin kelajakda bu yerda maqbara qurilib, rasman ochilishi rejalashtirilmoqda.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1328-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asrda Yaman Turkum:13-asr ismoiliylari Turkum:14-asr ismoiliylari