Sayyida Zumurrud Xotun ( , 1203-yilda vafot etgan) Abbosiy xalifa an-Nosirning onasi. Ummu an-Nosir ismi bilan ham tanilgan. 12-asr oxirida yashagan nufuzli ayol boʻlgan.

Biografiyasi Zumurrud Xotun xalifa al-Mustadiyning kanizaklaridan biri boʻlgan. Turkiy boʻlgan. Xalifa an-Nosirning onasi.

Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra, Zumurrud Xotun soʻnggi Abbosiylar davrida taniqli zodagon ayolga aylangan. Shuningdek, ilgari qul boʻlgan turkiy ayol ekanligi bilan ham mashhur boʻlgan. Ushbu ayol xalifa al-Mustadiyga turmushga chiqish orqali bu mavqega erishgan. Zumurrud Xotun xalifa an-Nosirning onasi boʻlgani bilan ham tarixda qolgan Zumurrud Xotun taqvodor ayol boʻlib, meʼmorchilik va jamoat ishlarining faol homiysi deya taʼriflangan.

Uning homiylik faoliyati jamoat infratuzilmasini qayta tiklash, taʼlim va dafn marosimlari uchun binolar qurish bilan bogʻliq boʻlgan. Zumurrud Xotin masjidi va maqbarasi 1202-yilda an-Nosir va onasi vafotidan oldin qurilgan. Zumurrud Xotun vafotidan soʻng ushbu maqbarada dafn qilingan.

200px|thumb|Bagʻdoddagi Sheikh Maarouf qabristonida joylashgan Zumurrud maqbarasi Zumurrud Xotun madrasa qurilishida ham faollik koʻrsatgan. Bundan tashqari, koʻpchilik uni siyosat va islom diniy siyosati faoli, islom taʼlimoti va qonunlariga sadoqatli hamda saxovatli inson va boshqa koʻplab jihatlari bilan yodga olishgan. Masalan, Zumurrud Xotun haj ziyorati vaqtida suv taʼminoti tizimi va suv omborlarini taʼmirlash uchun 300000 dirham sarflagani bilan eslanadi.

Oʻlimi Turli manbalarda Sayyida Zumurrud Xotun „nihoyatda taqvodor ayol“ sifatida tasvirlanib, oʻgʻliga mashhur olim Ibn al-Javziyni ozod qilish uchun yolvorgani eslatib oʻtilgan. Zumurrud hanbaliy mazhabida boʻlgan.

Zumurrud Xotun 1202-yil dekabr yoki 1203-yil yanvar yoki 1203-yil yanvar/fevralda vafot etgach, Sheikh Maarouf qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar

Turkum:1203-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiy xalifalarning kanizaklari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari Turkum:12-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:13-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:12-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari Turkum:13-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari Turkum:Turkiylar