Robiy ibn Ziyad al-Harisiy () – arab lashkarboshisi. Roshidun va Umaviy xalifaliklariga xizmat qilgan.

Biografiyasi 651-yilda Robiy ibn Ziyad Sosoniylarning Seyiston viloyatiga bostirib kirdi . Biroz muncha vaqt oʻtgach, u Kirmon va Seyiston oʻrtasidagi chegaradagi Zoliq shahriga yetib keldi va u yerda shahar zamindorni musulmon hokimiyatini tan olishga majbur qildi. Soʻngra "Tarix-i Sistan" da qayd etilgan mashhur olov ibodatxonasi boʻlgan Karkuya qalʼasida ham shunday yoʻl tutdi. Shundan keyin u viloyatda yanada koʻproq hududlarni zabt etishni davom ettirdi. Shundan soʻng u poytaxt Zrangni qamal qildi va shahar tashqarisidagi ogʻir jangdan soʻng uning hokimi Aparviz taslim boʻldi. Aparviz shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun Robiy ibn Ziyod huzuriga borganda, uning ikki halok boʻlgan askar jasadlarini oʻrindiq sifatida ishlatayotganini koʻrdi. Bu holat Aparvizni dahshatga soldi va u Seyiston aholisini arablardan asrash maqsadida ular bilan ogʻir toʻlov evaziga kelishuvga keldi. Bunga koʻra, bir million dirham hamda 1000 ta oltin idish koʻtargan 1000 ta qul bola (yoki qiz) toʻlashi kerak edi. Shundan soʻng Robiy ibn Ziyod viloyatga hokim etib tayinlandi.

18 oy oʻtgach, Robiy Basraga chaqirildi va uning oʻrniga Abdurrahmon ibn Samura hokim etib tayinlandi. 671-yilda Robiy Xurosonga hokim etib tayinlandi va u yerda musulmonlar hukmronligini sharqda Balxgacha kengaytira oldi. 673-yilda uning oʻrniga oʻgʻli Abdulloh ibn Robiy hokim boʻldi. Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:7-asr vafot etganlar Turkum:7-asr arab xalqlari Turkum:Arab sarkardalari Turkum:Umaviylar xalifaligi sarkardalari Turkum:Forsni musulmonlar tomonidan zabt etishda ishtirok etganlar Turkum:Seyiston hokimlari Turkum:Xurosonning umaviy hokimlari Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari