Musa ibn Kaʼb at-Tamimiy () 8-asrdagi Abbosiylar inqilobi davrida arab qoʻmondoni boʻlgan. Keyinchalik Abbosiylar xalifaligining viloyat noibi lavozimiga tayinlangan.

Biografiyasi Muso dastlab Xurosonda Abbosiylar inqilobini tayyorlagan „oʻn ikki naqib“dan biri boʻlib, qoʻzgʻolon boshlangach, Zab jangida qoʻmondonlik vazifasini bajargan. Abdulloh ibn Alining hamrohlari orasida Suriyaga borib qolgan. Abdulloh Musani Jazira noibi etib tayinladi. U yerda Abu al-Vard boshchiligidagi Umaviylar tarafdori boʻlgan qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash olib bordi. Shundan soʻng, xalifa as-Saffoh Musani oʻzining shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi (sohib ash-shurta) etib tayinladi. Keyin esa avvalgi yillardagi tartibsizliklar paytida viloyatni bosib olgan mahalliy hukmdor Mansur ibn Jumhurni agʻdarish vazifasi bilan Sindga joʻnatdi. Jangda magʻlub boʻlgan Mansur sahroga qochib, u yerda vafot etdi. Soʻng Musa uning oʻrniga noib etib tayinlandi. Musa 754-yil, as-Saffoh vafotiga qadar Sindda qoldi. Shundan soʻng oʻgʻli Uyaynani oʻz oʻrniga noib qilib qoldirdi-da, Iroqqa qaytib ketdi. U yerda sohib ash-shurta lavozimini qayta egalladi. 758-yilda yangi xalifa al-Mansur Musani Misr noibi etib tayinladi. Biroq yangi lavozimdagi faoliyati uzoq davom etmay, oʻsha yilning oʻzida (758/59) vafot etdi. Oʻgʻli Uyayna Sindda isyon koʻtarib, mahalliy yamanliklar tomonidan oʻldirildi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:759-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 8-asr Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Sindning Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar inqilobi ishtirokchilari Turkum:8-asr arablari Turkum:Banu Tamim Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari