Muhammad ibn al-Ashʼath al-Xuzay () Abbosiylarning ilk tarafdorlaridan biri. Keyinchalik Abbosiylar xalifaligining Eron, Misr va Ifriqiyadagi noibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Hayoti Muhammad Xurosondagi Abbosiylar da’vati davri va undan keyingi Abbosiylar inqilobi paytida naqib oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan. Inqilob tugagach, Abu Muslim Muhammadni Tabasayn, Fors va Kermon hududlariga noib etib tayinladi. Muhammad 755-yilda Rayda Sunpadh qoʻzgʻolonini bostirishda qatnashdi. Keyingi yili yana bir isyonchi Javhar ibn Mararga qarshi, shuningdek, Rayda jang qildi (garchi manbalarda bu ikki voqea aralash berilgan boʻlishi mumkin. Shu sababli Muhammad aslida faqat bittasida ishtirok etgan boʻlishi ehtimoli bor).
758/59-yilda Misr noibi etib tayinlanib, bu lavozimni 760/61-yilgacha egallab turdi. Soʻngra, 761-yilda gʻarbga, Ifriqiyani ibodiylardan Abbosiylar foydasiga zabt etish maqsadida joʻnatildi. Mamluk tarixchisi Safodiyning yozishicha, Muhammad al-Mansur davrida Damashq noibi ham boʻlgan. Muhammad 766-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi yozgi harbiy yurishda ishtirok etish uchun yoʻlga chiqqanida vafot etdi.
Oʻgʻillari ham yuqori lavozimlarga erishgan edi. Jumladan, Ja’far Horun ar-Rashid davrida sohib ash-shurta va Xuroson noibi boʻlgan. Nasr esa Falastin hamda Sind viloyatlarini boshqargan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:766-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arablari Turkum:Misr 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Ifiriqiyaning Abbosiy noiblari Turkum:Forsning Abbosiy noiblari Turkum:Tugʻilgan yili aniqlanmagan kishilar Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:8-asr ifriqiyalik kishilar Turkum:Abbosiylar inqilobi Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari