Imom at-Toyib masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu Dabi shahrida joylashgan masjid. Al-Azhar instituti bosh imomi Ahmad at-Toyib sharafiga nomlangan.

Meʼmorchiligi Masjidning ichki qismida toʻqqizta gumbaz mavjud. Masjidning dizayni islomiy geometrik bezaklarni oʻz ichiga oladi.

Masjidning ichki qismi kulrang gilam bilan qoplangan boʻlib, pol ostida ikkita mikrofon va minbar ustida 1 ta mikrafon mavjud. Erkaklar va ayollar uchun belgilangan boʻlimlarni ajratib turuvchi harakatlanuvchi devorlar bor. Masjid Makka tomon yoʻnaltirilgan.

Tarixi thumb|Kotib Blinkenning Ibrohim oilasi uyidagi Imom at-Toyib masjidini aylanib chiqayotgan paytidagi surati Imom at-Toyib masjidini oʻz ichiga olgan Ibrohim alayhissalom oilasi uyini qurish gʻoyasi 2019-yil 5-fevral kuni Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulloh ibn Zayd tomonidan Nyu-York jamoat kutubxonasida eʼlon qilingan.

Masjid al-Azhar instituti bosh imomi Ahmad at-Toyib sharafiga nomlangan. Ahmad at-Toyib turli dinlar oʻrtasida dinlararo muloqot va tinch-totuv yashashni targʻib qilishdagi saʼy-harakatlari bilan tanilgan.

Imom at-Toyib masjidida dastlabki juma namozi 2023-yil 17-fevralda oʻqilgan.

Havolalar

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda