Tuyaboʻgʻiz GES – Toshkent viloyatidagi gidroelektr stansiya. Oʻrta Chirchiq tumani Tuyaboʻgʻiz shaharchasida. Tuyaboʻgʻiz suv omborida joylashgan. Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti, Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Stansiyaga davlat nomidan „Oʻzbekgidroenergo“ AJ egalik qiladi.

GES qurilishi 2017-yil iyunda boshlanib, 2019-yil martda foydalanishga topshirilgan. Loyihalash Gidroproyekt AJ, qurish esa TO‘PALANG HPD IRRIGATION SYSTEMS UK tomonidan amalga oshirilgan. Umumiy quvvati 11,4 MVt, yiliga oʻrtacha 41,2 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 1 600 ta xonadonning elektr toki isteʼmoliga tengdir.

Qurilish vaqtida loyiha qiymati 16,33 mln AQSh dollari boʻlgan. GES ishga tushirilgach esa qiymati 15,8 million AQSh dollari boʻlib, shundan $8,1 million Xitoy eksport-import banki tomonidan moliyalashtirigani maʼlum qiligan.

2018-yil iyul holatiga koʻra, Tuyaboʻgʻiz GESda 61 ming m3 yer ishlari, 6,2 ming m3 beton ishlari amalga oshirilib, 362,7 tonna metall konsruksiya montaj qilingan.

Manbalar

Turkum:Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti Turkum:Toshkent viloyati bino va inshootlari Turkum:Oʻrta Chirchiq tumani