Orxan Gazi masjidi () – Turkiyaning Bursa shahridagi tarixiy masjid. 1339–1340-yillarda yirik xayriya majmuasi tarkibida asos solgan Usmoniylar hukmdori Oʻrxon I nomi bilan atalgan. Usmoniylar sulolasi tomonidan qurdirilgan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi yodgorliklardan biri.
Tarixi
left|thumb|Masjidning kirish eshigi ustidagi arabcha yozuv
Masjid Usmoniylar hukmdori Oʻrxon I (Oʻrxon Gʻozi nomi bilan mashhur) tomonidan milodiy 1339–1340-yillarda (hijriy 740-yil) qurdirilgan boʻlib, bu narsa darvoza ustidagi saqlanib qolgan arab yozuvi bilan tasdiqlangan. Masjid 1413-yili Karamanoğulları hukmdori Mehmed II tomonidan Bursani qamal qilgan vaqtda yongʻindan zarar koʻrgan, old fasadi va ayvoni vayron boʻlgan. 1417-yilda Sulton Mehmed I buyrugʻi bilan taʼmirlangan, sulton bu vazifani oʻzining sadri aʼzami Boyazid poshoga topshirgan.
Masjidga oid eng qadimgi vaqf hujjati 1360-yilga tegishli. Undan tashqari 1400-yillarda unga qoʻshimcha kiritilib, masjid sifatida taʼriflangan. Ilk Usmoniylar davrida qurilgan ushbu turdagi boshqa binolar singari Orhan masjidi ham dastlab soʻfiy darvishlariga xizmat qilish uchun moʻljallangan boʻlib, turar-joy, yigʻilish hamda turli marosimlarni oʻtkazishga moʻljallangan.
Hozirgi kunda saqlanib qolgan minora XVII asrga tegishli boʻlib, eski minoraning poydevori ustiga qurilgan. Shahardagi koʻplab tarixiy inshootlar singari, masjid 1855-yilgi Bursa zilzilasida zarar koʻrgan va 1863–1864-yillarda fransuz arxitektori Léon Parvillée tomonidan taʼmirlangan. Masjid ichidagi naqshli bezak 1864-yilda yaratilgan boʻlib, bu haqida mehrob ustidagi yozuvda ham qayd etilgan. Minoraning konus shaklidagi qoʻrgʻoshin qoplamasi 1899-yilda yangilangan. 1904-yilda yana minora yana bir bor taʼmirdan chiqarilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Bursadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar