Al-Lays ibn Saʼd ibn Abdurahmon al-Fahmiy al-Qalqashandiy () – arab va islom fiqhidagi laysiy mazhabining bosh vakili, imomi. Misr huquq anʼanalarining asosiy vakili hisoblangan.
Milodiy 713-yilda Misrning Qalqashanda qishlogʻida tugʻilgan va shuning uchun uning nisbasi Al-Qalqashandiydir. Taniqli olim Az-Zahabiy oʻzining arabcha nisba (Al-Fahmiy) boʻlishiga qaramay, oʻzining „Siyyar aʼlam al-nubala“ nomli ensiklopedik asarida uning oilasi Isfahondan kelib chiqqanini taʼkidlagan. Bu maʼlumot keyingi davr yozuvchilari uchun umumiy manba boʻlib xizmat qilgan va uning arabcha nisbasi Xolid ibn Sobit ibn Dain Al-Fahmiyga boʻlgan oilaviy sodiqlik natijasi ekanligi qayd etilgan"سير أعلام النبلاء، الطبقة السابعة، "الليث بن سعد. Shogirdlari oʻsha davrning eng mashhur faqihlaridan boʻlishlariga qaramay, boshqa mashhur faqih Molik ibn Anasning shogirdlaridan farqli oʻlaroq, uning taʼlimotini yozib olishmagan va keng tarqatishmagan.
Shofi’iy mazhabi asoschisi ash-Shofi’iyning taʼkidlashicha, al-Laysiy Molikiy mazhabining asoschisi Molik ibn Anasdan ham yuksak darajadagi faqih boʻlgan. Manbalar
Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr arab shaxslari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:791-yilda vafot etganlar Turkum:713-yilda tugʻilganlar Turkum:Mujaddidlar Turkum:Misr imomlari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari