Shaytanat (. eng; Kingdom of the Devil) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub Roman. Asar 5 kitobdan iborat boʻlib, 1984-yilda yozish boshlangan. Birinchi qismi ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida oʻsha vaqtdagi bosh muharrir Oʻtkir Hoshimov tashabbusi bilan 1992-yil nashr etilgan. Asar 2 yildan soʻng „Sharq“ nashriyotida kitob holida bosmadan chiqqan.
2018-yilda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotida kitobning har bir qismi alohida nom bilan nashr etilgan. Bunda birinchi qism „Qasos“, ikkinchi qism „Non bergan jon olmaydi“, uchinchi qism „Semirgan chumoli“, to‘rtinchi qism „Oqqush qo‘shig‘i“, beshinchi qism „Azozil do‘koni“ deb nomlangan.
Asar haqida Qissani yozishdan maqsad odamlarni jinoyat olamining naqadar qabih ekanligidan ogohlantirish boʻlgan. Yozuvchi bu toʻgʻrida shunday degan:
Ekranlashtirilishi 1998-yil „Shaytanat“ asari asosida 20 qismdan iborat teleserial suratga olingan va ilk marta 1999-yil 15-fevralda efirga uzatilgan. Serial rejissyori — Yodgor Saʼdiyev. Yana qarang
Shaytanat (teleserial) Manbalar
Havolalar
Turkum:Qissalar Turkum:1980-yillar kitoblari