Lubayna (arabcha: لبينة) – Arabistondagi sobiq qul ayol, islomni qabul qilgan va Islom paygʻambari Muhammad izdoshi (sahoba) hisoblanadi. Lubayna sahoba Abu Bakr tomonidan ozod qilingan qullardan biri.

Unga Qurayshning Adiy qabilasi egalik qilar ediMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 143-144. Oxford: Oxford University Press.. Zunayra uning qullikdagi doʻsti boʻlgan. Ikkalasi ham Makkadagi ilk islom diniga kirganlar safida edilarMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 180-181. London: Ta-Ha Publishers..

614-yilda qurayshliklar oʻz eʼtiqodidan voz kechganlarni jazolash maqsadida past sinfdagi musulmonlarni taʼqib qilish strategiyasini tuzdilarMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 143-144. Oxford: Oxford University Press.. Umar Lubaynani qiynagan Adi urugʻining aʼzosi ediMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 180-181. London: Ta-Ha Publishers.. Abu Bakr yoʻldan oʻtib ketayotgan vaqtda Umar Lubaynani jazolanayotganini koʻradi. Umar qizni charchaguniga qadar urgan, soʻngra:„Men faqat charchaganim uchungina urishni toʻxtatdim“ deb aytgan.

Abu Bakr shu zahoti Lubaynani Umardan sotib olib, ozod qilganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 143-144. Oxford: Oxford University Press..

Yana qarang

Arab boʻlmagan sahabalar roʻyxati Sahoba Manbalar

Turkum:Ayol sahobalar Turkum:Arab boʻlmagan sahobalar