Al-Fadl ibn Solih ibn Ali ibn Abdulloh ibn al-Abbos () (740Tabari, Hillenbrand, 1989, p.55.—789) 8-asr oxirlarida Suriyaning bir qancha hududlarida Abbosiylar xalifaligi noibi bo‘lgan. Shuningdek, qisqa muddat Misr noibi vazifasini ham bajargan. Al-Fadl Abbosiy xalifalarga qarindosh bo‘lib, Abbosiylar sulolasining Banu Solih tarmog‘iga mansub edi.

Faoliyati 755-yilda al-Fadl haj qilish uchun Makka va Madinaga boradigan ziyoratchilar karvoniga boshchilik qilgan. 766-yilda Jund Dimashq (bosh shahri Damashq) noibi lavozimiga tayinlandi. Uch yil o‘tgach, xalifa al-Mansur hukmronligi davrida o‘z mulkiga Jund Qinnasrinni (bosh shahri Halab) ham qo‘shib oldi. 775-yilda Abbosiy xalifa al-Mahdiy Damashq shahrining shimolida joylashgan Jazira mintaqasiga noib etib tayinlagan. Shu yili Jaziraga koʻchib oʻtgan. Al-Fadl 780-yilda Quddusga safaridan so‘ng Damashqqa qaytib kelib, al-Mahdiyga hamrohlik qildiCobb, 2001, pp.27-28.. Taxminan shu vaqtda Jazira noibi lavozimidan olinib, o‘rniga Abdussamad ibn Ali tayinlanganTabari, Kennedy, 1990 p.203..

785-yilda Al-Fadl Misrdagi qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta qo‘shin bilan yuborilgan. Buvitdagi isyonchilar magʻlub etilgandan soʻng, al-Mahdiy al-Fadlni Fustat shahri noibi etib tayinlaganPetry, 2008, p.79.. Fustatda askarlar kazarmasi va al-Asqar jome masjidini barpo etdi. Al-Fadl davrida al-Askar va Fustat shaharlari bitta yirik shaharga birlashtirildiMeyers, 1997, p.405.. Boshqaruvi atigi bir yil davom etib, 786-yilda al-Hodiy otasining oʻrniga taxtga kelgach, oʻz lavozimidan ozod qilinganRappoport, 2003, p.347.. 789-yilda Suriyaga qaytgach, Umaviylar masjidining eshiklarini yangisiga almashtirib, masjid mablag‘larini saqlash uchun mashhur Baytulmol xazina gumbazini barpo etdiCobb, 2001, p.151.. Al-Fadl 780-yilda qurilgan sharqiy Soat gumbazining barpo etilishiga ham mas’ul bo‘lganRudolff, 2006, p.178..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:740-yilda tugʻilganlar Turkum:789-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar Turkum:Qinnasrinning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr arablari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari