Hamza Peres – Puerto-Rikolik, islomni qabul qilgan sobiq amerikalik rep ijrochisi. Qirollik strategik islom markazi tomonidan dunyodagi eng nufuzli 500 musulmondan biri deb topilgan. Hamza oʻz vaqtini koʻchalarda va qamoqxonalarda oʻtkazib, xavf ostida boʻlgan yoshlar va jamoalarga islom dinini ommalashtirgan. Shuningdek, oʻzi va ukasi Sulaymon Peresdan iborat M-Team hip-hop guruhining aʼzosi hisoblanadi. Aka-uka oʻzlarining eʼtiqodlari va diniy qarashlarini boshqa yoshlarga etkazish uchun hip-hopdan foydalanganlar. Hamza – S. H.E. H.U. dasturining (Shahar jamiyatlarini kuchaytirish va sogʻlomlashtirishga yordam beruvchi xizmatlar) asoschisi va Pitsburgdagi (Pensiya shtati) „Yosh nuri“ masjidining hammuassislaridan biri. Shuningdek, Crossing Limits konfessiyalararo sheʼriyat loyihasi bilan ishlagan. 2009-yilda PBS uning hayoti, musiqasi va jamiyati haqida „New Muslim Cool“ nomli film chiqardi.
Uning islomni qabul qilish haqidagi hikoyasi „Lotin musulmonlari: Islomga sayohatlarimiz“ nomli kitobda oʻz aksini topgan.
Manbalar
Turkum:XXI asr amerikalik repperlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerika sunniy musulmonlari