Kileci masjidi () – Turkiyaning Akshehir shahridagi kichik tarixiy masjid. XIII asrda Koʻniya sultonligi davrida qurilgan, biroq bino qurilishining aniq sanasi va kim tomonidan bunyod etilganligi maʼlum emas.

Arab tilidan farqli oʻlaroq turk tilida mescit soʻzi faqat kichik masjidlarga ishora qiladiIslam Encyclopaedia .

Joylashuvi Kileci masjidi Konya viloyatining Akshehir ilchesida (tuman) joylashgan.

Meʼmorchiligi Masjid hududida ishlatilgan ustunlar qadimgi Vizantiya imperiyasi binosidan olingan qurilish materiallaridan yigʻilganSeljukid architecture page . Namozxona ilk marta qurilgan vaqtda u yerda minbar yoki mehrob boʻlmagan. Masjidning asl gumbazi boʻron paytida buzib tashlangan, keyinchalik yogʻoch tom bilan almashtirilgan. 2007-yilda amalga oshirilgan restavratsiya jarayonida masjidda zamonaviy yangi gumbaz qurilgan.

Masjiddagi maʼlumotlarga koʻra, binoning asl yogʻoch eshiklari hozirda Konyadagi Sohip Ota muzeyida namoyish etilmoqda. Binoning hozirgi eshiklari esa ularning nusxasi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari