Farruhshoh masjidi () – Turkiyaning Akshehir shahridagi kichik tarixiy masjid. Turk tilida mescit soʻzi kichik masjidlarga ishora qiladi.

Masjid Konya viloyatining Akshehir shahrida, Seydi Mahmud Hayroniy qabri bilan bir hududda joylashgan. Masjiddagi yozuvlarga koʻra bino 1224-yilda Koʻniya sultoni Kayqubod I hukmronligi davrida Farruhshoh tomonidan bunyod etilgan. 2006-yilda amalga oshirilgan soʻnggi restavratsiya ishlaridan soʻng bino diniy xizmatlar uchun foydalanishga topshirilgan.

Binoning tashqi oʻlchamlari ni tashkil qiladi. Derazalari uchta. Shimoliy va gʻarbiy tomonlari moloz toshdan qurilgan. Gʻarbiy va janubiy tomonlarida esa gʻisht va yana boshqa qurilish materiallaridan foydalanilganSeljukid architecture page Architecture company (Kultür) page . .

Tarixiy ahamiyati 1402-yilda Anqara jangidan soʻng Usmoniylar sultoni Boyazid I Amir Temur tomonidan ushbu masjidda qamal qilinganAkşehir municipality page . . Sulton Boyazid I shu yerda vafot etgach, uning jasadini oʻgʻli Muso Chalabiy Bursaga olib ketgan.

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Boyazid I