Geovany Tcherno Quenda (2007-yil 30-aprelda tugʻilgan) – portugaliyalik professional futbolchi, Primeira Liga klubi Sporting CP va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
„Sporting CP“ yoshlar tizimi orqali katta futbolga kelgan Quenda, 2024-yilda asosiy jamoada oʻynash darajasiga koʻtarilgan. Mavsum davomida keyinchalik muvaffaqiyatli oʻyinlari sababli jamoasining ajralmas oʻyinchilaridan biriga aylandi. Quenda Gvineya-Bisauda tugʻilgan, Portugaliyaning yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynagan. 2024-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Portugaliya yoshlari jamoasi bilan birgalikda ikkinchi oʻrinni egallagan va 17 yoshgacha boʻlgan turnirning ramziy terma jamoaga kiritilgan.
Yutuqlari Portugaliya U17
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sovrindori: 2024
Shaxsiy sovrinlari
17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2024
Manbalar
Havolalar
Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Gvineya-Bisaulik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Liga 3 (Portugaliya) futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar