Birgi Katta masjidi (), shuningdek, Aydinoğlu Mehmet Bey masjidi deb ham ataladi, Turkiyaning Izmir viloyatida joylashgan tarixiy masjid.
Masjid Izmir viloyati, Ödemiş ilchesi, Birgi mahallasida joylashgan.
Aydiniylar XIV asrda Gʻarbiy Onadoʻlida Anadolu beyliklaridan biri edi. Hozirgi Birgi qishlogʻi ana shu beylikning poytaxti boʻlgan. Masjid esa beylikning birinchi hukmdori Mehmetbey tomonidan bunyod etilgan.
Meʼmorchiligi Masjid 1312-yilda qurilgan va Saljuqiy masjidlari namunalaridan biri hisoblangan. Masjidning eng diqqatga sazovor qismlari – hech qanday metall mix ishlatilmagan nozik yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan minbariVisitİzmir page va toʻq havorang marmardan yasalgan mehrobi hisoblanadiİzmir periodical . Binoning janubi-sharqiy burchagida joylashgan sher haykali ham masjidning qiziqarli jihatlardan biridir, chunki bunday haykallar islom meʼmorchiligida kam uchraydi. Ushbu haykal Lidiya davriga oid binodan olingan spoliaEski inshootlardan olingan va yangi qurilish yoki bezak maqsadida qayta ishlatilgan toshlar hisoblanadi.
Minbar darvozasining oʻgʻirlanishi 1993-yilda minbar darvozasi gʻoyib boʻlgan, keyinchalik britaniyalik sayyoh uni Britaniya muzeyidan topgan. Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi darvozani sotib olib, 1996-yilda tegishli joyiga qaytarganİzmir periodical .
Izohlar
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari