thumb|Zaviya minorasi va kirish qismi Said at-Taavdiy bin Suda zaviyasi (yoki Said Tavdiy ibn Suda zaviyasi) – Marokashning Fos el-Bali shahrida, Fos qadimiy madinasida joylashgan diniy majmua (zaviya) va masjiddir. Masjid 18-asrda yashab oʻtgan soʻfiy shayx Muḥammad at-Tāavdīy ibn al-Ṭolib ibn Sūda al-Murrīy (1795-yilda vafot etgan) nomi bilan atalgan. U Marokash tarixidagi eng nufuzli ziyolilar va islom olimlaridan biri sifatida tanilgan.
Said at-Taavdiy bin Suda zaviyasi Fosning Souk Bbin Safiy mahallasida Zqaq Bghal koʻchasida joylashgan. Bu zaviya asosan masjiddan iborat boʻlib, uning tarkibida namoz oʻqish zali, ichki hovli (sahn), tahoratxona va minora mavjud. Said at-Taavdiy bin Suda maqbarasi qibla devorida (janubi-sharqiy devor) joylashgan boʻlib, yogʻoch senotaf bilan belgilangan. Masjidning mehrobi oʻymakorlik bezaklari tushurilgan va boʻyalgan gʻishtlar bilan bezatilgan, uning yonida zellij plitalarda ikki arabcha yozuv mavjud. Minoraning asosiy ustuni balandligi 20,3 metrni tashkil qiladi, ikkinchi ustun yoki lanternaning balandligi esa 4,3 metrni tashkil etadi. Manbalar
Turkum:Marokashdagi masjidlar