Idlib universiteti () Suriyada 2015-yilda asos solingan davlat universiteti. Universitetdagi oʻquv jarayonlari 2015—2016-oʻquv yili semestridan boshlangan. Universitet dastlab bir nechta kollej va institutlarni oʻz ichiga olgan, keyingi yillarda esa yangi filiallar, kollejlar va kafedralar ochilgan. Idlib universiteti filliali 2020-yil ad-Danada, 2024-yilda esa Salqin shahrida ochilgan. Bugungi kunda universitet talabalari soni 18 ming nafardan, professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar soni esa 600 nafardan oshdi.
2024-yilda Idlib universiteti Webometrics Ranking of World Universities reytingida 18708-oʻrinni egalladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Suriya universitetlari Turkum:Suriyada 2015-yilda asos solinganlar Turkum:Idlib